Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar 3-4 kun dam oladi

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar 3-4 kun dam oladi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat aholisi ketma-ket bir necha kun dam oladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 31 avgust — dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Dam olish kunlari quyidagicha:

Haftada 5 kun ishlaydiganlar 4 kun dam oladi:

  • 29 avgust, shanba — odatiy dam olish kuni;

  • 30 avgust, yakshanba — odatiy dam olish kuni;

  • 31 avgust, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

  • 1 sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami kuni.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar esa 3 kun dam oladi:

  • 30 avgust, yakshanba — odatiy dam olish kuni;

  • 31 avgust, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

  • 1 sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami kuni.

2 sentyabr, chorshanba kunidan boshlab esa odatiy ish tartibi tiklanadi.

Shu tariqa, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29 avgustdan 1 sentyabrgacha ketma-ket 4 kun, olti kunlik ish haftasida faoliyat yuritadigan xodimlar esa 30 avgustdan 1 sentyabrgacha 3 kun dam oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar