O‘zbekistonda endi uy hayvonlariga ham pasport talab etiladi

2026 yil 7 avgustdan O‘zbekistonda saqlanayotgan va ko‘paytirilayotgan hayvonlarni yagona tizimda identifikatsiya qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi. Yangi tartib hayvonlarning kelib chiqishi, harakati va veterinariya holatini kuzatib borishga qaratilgan.
Qoramol, qo‘y, echki va tuyalar 14 kunlik bo‘lgach, otlar to‘rt oydan, cho‘chqalar bir oydan, it va mushuklar uch oydan keyin ro‘yxatga olinishi kerak. Bu jarayon tegishli muddat o‘tganidan so‘ng bir oy ichida tugallanadi. Chetdan olib kirilgan hayvonlar esa 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinadi.
Hayvonga individual raqam berilib, veterinariya pasporti rasmiylashtiriladi. Unda egasi, kasalliklar profilaktikasi va davolash ishlari haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Identifikatsiya qilinmagan hayvonlarni saqlash yoki ko‘paytirishga yo‘l qo‘ymaslik hayvon egasining majburiyati hisoblanadi.































Izohlar 0
…