0:2 dan keyingi mo‘jiza: Torres debyut bahsidayoq «PSJ» tarixiga kirdi

0:2 dan keyingi mo‘jiza: Torres debyut bahsidayoq «PSJ» tarixiga kirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "PSJ"ning yangi xaridi Ferran Torres debyut bahsidayoq "Renn"ga qarshi o'yinda 0:2 hisobidan qaytishda ikkinchi bo'limda 11 daqiqa ichida ikkita gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
  • Bu bilan Torres "PSJ" tarixida debyut o'yinida ikkita gol urgan uchinchi futbolchi bo'ldi, undan avval Patrik Mboma (1994) va Zlatan Ibrahimovich (2012) bu natijani qayd etgan.

Fransiya Liga 1 yangi mavsumining 1-turida safarda «Renn» mehmoni bo‘lgan «PSJ» birinchi bo‘limdayoq 0:2 hisobida ortda qolib, kutilmagan bosimga uchradi. Luis Enrikening tanaffusdan keyin maydonga tashlagan yangi xaridi — ispaniyalik hujumchi Ferran Torres ikkinchi bo‘limda 11 daqiqa ichida ikkita to‘p kiritib (71 va 82-daqiqalar), jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Bu qahramonlik ispaniyalik forvardga nafaqat yorqin debyut, balki Parij superklubi tarixining zarvaraqlariga kirish imkonini ham berdi.

32 yillik tarixda uchinchi: Debyutdagi rekord dubl

Ferran Torres «PSJ» safidagi ilk rasmiy bahsidayoq ikkita gol urgan klub tarixidagi bor-yo‘g‘i uchinchi futbolchi sifatida qayd etildi:

  • Patrik Mboma (1994 yil): Kamerunlik forvard Yevropa Chempionlar ligasi saralashi doirasida Vengriyaning «Vas» klubiga qarshi debyut o‘yinida 2 bor darvozani ishg‘ol qilib, ushbu rekordni ochgan;

  • Zlatan Ibrahimovich (2012 yil): Shvetsiyalik afsona 14 yil muqaddam Liga 1 doirasidagi «Loryan»ga qarshi o‘zining ilk rasmiy bellashuvida ikki to‘p kiritib, parijliklarni mag‘lubiyatdan olib chiqqan edi;

  • Ferran Torres (2026 yil): Oradan 14 yil o‘tib, «Renn»ga qarshi 0:2 hisobidagi og‘ir vaziyatda maydonga tushgan ispaniyalik yulduz Ibrahimovichning tarixiy natijasini takrorladi.

«PSJ» tarixidagi debyut-dubl mualliflari

  • 1994 yil: Patrik Mboma (YECHL saralashi, «Vas»ga qarshi)

  • 2012 yil: Zlatan Ibrahimovich (Liga 1, «Loryan»ga qarshi)

  • 2026 yil: Ferran Torres (Liga 1, «Renn»ga qarshi)

Ispaniyalik to‘purarning ushbu fenomanal starti uning Parij hujum chizig‘ida asosiy yetakchilardan biriga aylanishi uchun jiddiy da’vo ekanini yaqqol ko‘rsatdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar