date
views 3 929

“Kannabis”ni parvarishlash qimmatga tushdi

“Kannabis”ni parvarishlash qimmatga tushdi
Bojxona xodimlari giyohvand moddalarning gʻayriqonuniy aylanmasiga oʻz vaqtida chek qoʻyishmoqda.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Andijon tumanida yashovchi fuqaro U.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, xonadonning tomorqa qismida alohida agrotexnik ishlov berilgan och yashil, oʻtkir hidli daraxt shakliga kirgan 13 tup “Kannabis” oʻsimligi hamda sochilgan va quritilgan holdagi 490 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Kannabis”ni parvarishlash qimmatga tushdi