Yer yo‘qmi? Namanganda qo‘ylar tomda boqilmoqda

O‘zbek xalqining topqirligi va ijodkorligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. “O‘zbekning o‘zi qiziq, so‘zi esa undan ham qiziq” degan gapning isbotini bu safar Namangan viloyatida ko‘rish mumkin.
To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi bir fuqaro tomorqasida yer maydoni tor bo‘lgani sababli qo‘ylarini uyi tomida boqishga majbur bo‘lgan.
Avval ham tomlarda bedana va tovuq boqilgani haqida eshitgan bo‘lsak-da, bu safar tom ustida qo‘y boqilishi ko‘pchilik uchun mutlaqo kutilmagan holat bo‘ldi.
Ayni holat ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Foydalanuvchilar o‘zbeklarning topqirligini yana bir bor e’tirof etib, “yer topilmasa, tom ham yaylovga aylanadi” deya hazilomuz fikrlar bildirishmoqda.





























Izohlar 0
…