Ziyoda o‘zining “Yomoney” nomli ajoyib taronasini premyera qildi!

O‘zbekistonlik mashhur xonanda Ziyoda muxlislariga navbatdagi musiqiy yangiligini taqdim etishga tayyorlanmoqda. San’atkor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali “Yomoney” nomli yangi taronasi tez orada e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Xonanda qisqa videolavha bilan birga: “Tez kunda yangi qo‘shiq sizlar uchun —" Yomoney”, degan izoh qoldirgan. Ushbu e’lon qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortib, ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi.
Ziyodaning ijodini kuzatib borayotgan muxlislar yangi qo‘shiqni katta qiziqish bilan kutayotganini bildirib, xonandaga omad va muvaffaqiyat tilashmoqda. Ayrimlar esa taronaning nomi ham o‘ziga xos ekani va premera qanday uslubda bo‘lishiga qiziqish bildirgan.





























Izohlar 0
…