
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gvatemala bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Termamiz safida Ne’matjonov dubl muallifiga aylandi.
Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari 4 ochko bilan o‘z kvartetida 2-o‘rinni band etgan holda, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston U20 - Gvatemala U20 2:0
Gol: 1:0 — 9, Shahzod Ne’matjonov, 2:0 — 21, Shahzod Ne’matjonov.
O‘zbekiston U20: 12.Asrorbek Kenjayev, 3.Abduqodir Husanov, 4.Abubakir Ashurov, 6.Jahongir O‘rozov, 8.Behruzbek Asqarov (15.Diyorbek Ortiqboyev, 65), 9.Shahzod Ne’matjonov (17.Nodirbek Abdurazzoqov, 71), 10.Umarali Rahmonaliyev, 11.Sherzod Esanov, 13.Zafarmurod Abdirahmatov (2.Izzatillo Po‘latov, 82), 14.Abbos Fayzullayev (7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 46), 20.Mahmudjon Mahamadjonov (18.Saidafzalxon Ahrorov, 65).
Zaxira: 1.Edem Nemanov, 21.Otabek Boymurodov, 16.Shahzod Rahmatullayev, 19.Shahzod Akramov, 5.Rustam Turdimurodov.
Gvatemala U-20: 12.Xorxe Moreno, 2.Rendall Korado, 5.Arian Retsinos, 7.Daniel Kardoza, 8.Nestor Kabrera, 9.Jeffri Battes, 10.Arximides Ordones (19.Anderson Villagran, 46), 14.Jonatan Franko, 16.Iyeshua Urizar, 18.Eddi Palensiya (11.Rudi Munos, 65), 20.Figu Motano.
Zaxira: 1.Fausto Delgado, 21.Deyvid Aldana, 3.Emerson Raymundo, 4.Matius Gaitan, 13.Allan Xuares, 15.Endi Dominges, 17.Xose Espinosa, 6.Karlos Santos.
Ogohlantirish: Behruzbek Asqarov (5), Umarali Rahmonaliyev (39), Sherzod Esanov (58), Iyeshua Urizar (75), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (90+2)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar