Bugun Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va 5 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Oltin
Sevinch Rahimova - karate
Taxmina Ikromova - badiiy gimnastika
Bronza
Bekzod Abdurahmonov - erkin kurash
Javrail Shapiyev - erkin kurash
Rustam Jangabayev - og‘ir atletika
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi - futbol
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi - shaxmat
Ushbu natijalardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 71 taga yetdi. Shundan 22 tasi oltin, 18 tasi kumush va 31 tasi bronza medallaridir. Umumjamoa hisobida esa hamon kuchli beshlikda bormoqdamiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar