09:15 / 16.07.2024
112

“Manchester Yunayted”ning eng rasvo transferlari...

“Manchester Yunayted”ning eng rasvo transferlari...
Mashhur Goal portali “Manchester Yunayted” amerikalik biznesmenlar – Gleyzerlar oilasi qo‘liga o‘tganidan keyin amalga oshirilgan eng omadsiz transferlar reytingini e’lon qildi.

Nashr mualliflari o‘z ma’lumotnomalariga 18 ta futbolchi nomini kiritdi.

“Manchester Yunayted”ning so‘nggi yillardagi eng rasvo transferi sifatida braziliyalik Antoni tan olindi. Klub bu futbolchi uchun 85 million funt to‘lagan edi. Biroq o‘yinchi o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Goal portali eng rasvo transferlar ro‘yxatiga Antonidan tashqari turli davrlarda jamoaga olib kelingan Aleksis Sanches, Anxel di Mariya, Romelu Lukaku, Pol Pogba, Jeydon Sancho, Donni van de Bek, Memfis Depay, Radamel Falkao, Uilfrid Zaxa, Bebe, Morgan Shnayderlin, Viktor Valdes, Garri Maguayr, Gabriel Obertan, Ouen Xargrivz, Genrix Mxitaryan va Andersonni kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted”ning eng rasvo transferlari...