21:33 / 28.08.2024
39

O‘zbekiston tarkibida 2 va undan ortiq Olimpiada medaliga ega chiqqan sportchilar

O‘zbekiston tarkibida 2 va undan ortiq Olimpiada medaliga ega chiqqan sportchilar
Parij—2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan to‘rt nafar sportchi ikki bora Olimpiada shohsupasiga ko‘tarildi.

Masalan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov ikkinchi bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bokschilar Hasanboy Do‘stmatov va Bahodir Jalolov ham bunday natijani qayd etgan sportchilar sifatida o‘zbek sporti tarixidan o‘rin oldi.

Tokio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan og‘ir atletikachi Akobir Jo‘rayev bu safar Parijda kumush bilan cheklandi.

Shunday qilib Olimpiadalarda ikki yoki undan ortiq shohsupaga ko‘tarilgan sportchila soni 6 nafarga yetdi:

- 2 ta oltin: Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, Tokio—2020 va Parij—2024);
- 2 ta oltin: Hasanboy Do‘stmatov (boks, Rio—2016 va Parij—2024);
- 2 ta oltin: Bahodir Jalolov (boks, Tokio-—2020 va Parij—2024);
- 1 ta oltin va 1 ta kumush: Artur Taymazov (erkin kurash, Afina—2004 va Sidney—2000);
- 1 ta oltin va 1 ta kumush: Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, Tokio—2020 va Parij—2024);
- 3 ta bronza: Rishod Sobirov (dzyudo, Pekin—2008, London—2012 va Rio—2016).

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina ham ikki karra shohsupaga ko‘tariladi. Ammo u 1992 yilda MDH jamoasi nomidan musobaqalarda ishtirok etadi va oltin medalni qo‘lga kiritadi. 2006—2012 yillarda sportchi Germaniya sharafini himoya qilgan va 2008 yilda kumush medalni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston tarkibida 2 va undan ortiq Olimpiada medaliga ega chiqqan sportchilar