Foto: Championat
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue IBF yo‘nalishi bo‘yicha avstraliyalik majburiy da’vogar Sem Gudman bilan jang qiladi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jang 24 dekabr kuni Yaponiyada tashkil etiladi. Jang avvalroq e’lon qilingan edi, ammo rasmiy tasdiqlov bo‘lmagan. Shu sababli bir hafta oldin IBF (Xalqaro boks federatsiyasi) rahbariyati tomonlarni jang sanasi va joyini oshkora e’lon qilishga chaqirgandi.
Ma’lumot uchun, mazkur vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev Naoyaning WBA kamari uchun da’vogar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Inoue o‘zining so‘ngi jangini 2024 yil sentyabr oyida o‘tkazgan. Bokschi mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qilgandi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratgan. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschi Naoya Inouening keyingi ikkita jangi kimlarga qarshi bo‘lishini ma’lum qildi. Uning rejalarida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yo‘q.
Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue jangdan bosh torsa, qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik, ammo..."