“Roma”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyatida yana oʻzgarish boʻlishi kutilmoqda. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zoʻr toʻpurari 2021 yilning yozida Rim klubiga koʻchib oʻtganidan beri asosiy tarkibdan muqim oʻrin egallay olgani yoʻq.
“Boʻrilar”ga ustozlik qilgan Joze Mourino, Daniele De Rossi, Ivan Yurich va Klaudio Raneri kabi bosh murabbiylarning birortasi oʻzbek futbolchisiga oʻzini koʻrsatish uchun etarli darajada imkon bermadi. Ular turli davrlarda jamoaga olib kelingan Temmi Abraxam va Artyom Dovbik singari qimmatbaho oʻyinchilarga suyanishni ma'qul koʻrmoqda.
Buning oqibatida, 29 yoshli oʻzbek hujumchisi “Spetsiya” va “Kalyari” singari jamoalarda ijarada oʻynab kelishiga toʻgʻri keldi.
“Kalyari”da Shomurodovga qadrdon boʻlib qolgan Klaudio Raneri ham “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin Eldorga u qadar e'tibor qaratayotgani yoʻq va u bilan xayrlashishga ham tayyor.
Qishki transferlar arafasida Shomurodovni olmoqchi boʻlgan klublar soni ortib boryapti. Avvalroq, A Seriya debyutanti “Komo” va V Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Salernitana” oʻzbek futbolchisiga qiziqish bildirgandi.
Euro-football nashrining ma'lum qilishicha Saudiya Arabistonining bir necha klublari Osiyo futboli yulduzini oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qiladigan boʻldi.
- Saudiya Arabistonining qator klublari qishki transferlar davrida “Roma” markaziy hujumchisi Eldor Shomurodovga taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari, Italiya chempionati jadvalining ikkinchi qismida borayotgan bir necha klublar ham 29 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildiryapti.
“Roma” oʻzbek futbolchisini yana ijaraga qoʻyib yuborishga rozi. Avvalroq, bosh murabbiy Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni kelajakdagi rejalariga kiritmagani va uning ketishiga qarshi emasligi ma'lum boʻlgandi, - deb yozmoqda Euro-football nashri.
Eldor Shomurodov Italiyaga 2020 yilning oktyabr oyida koʻchib oʻtgan edi. Rossiya Premer-ligasidagi muvaffaqiyatli oʻyinlaridan keyin “Rostov” oʻz yulduzini “Jenoa”ga qoʻyib yuborgan.
Italiyaning eng qadimiy jamoasida hamyurtimizning ishlari yurishib ketdi. Debyut mavsumida sakkizta gol urgan hujumchini bir necha katta klublar oʻz safiga chorladi. 2021 yilning yozida “Roma”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Joze Mourino oʻshanda Eldorni oʻz loyihasiga jalb qilgan va Rimga koʻchib oʻtishiga sababchi boʻlgandi.
Shomurodov portugaliyalik mashhur murabbiy qoʻl ostida Evropadagi hozircha yagona sovrini – UEFA Konferentsiyalar ligasi kubogiga sazovor boʻlgan.
Shunga qaramay, tajribali hujumchi “boʻrilar” asosiy tarkibidan muqim joy ololmadi.
Joriy mavsum oldidan ham Eldor boshqa klubga ijaraga berilishi kutilgandi. Lekin uning mashgʻulotlardagi mehnatini yuqori baholagan oʻsha paytdagi bosh murabbiy Daniele De Rossi legionerimizni jamoada olib qoldi.
Transfer narxi 4 million evroga tushib ketgan Shomurodov joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, maydonda jami 285 daqiqa toʻp tepdi. Eldor kam oʻynagan boʻlsa-da, oʻz hisobiga ikkita gol va bitta assist rasmiylashtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" Husanov uchun 50 mln yevro taklif qildi
UFC egalari boks ligasini tashkil qilmoqchi
Abbosbek Fayzullayevni Kilian Mbappe va Florian Virsga qiyoslashdi
Xans-Diter Flik: Bu yulduzni koʻzimdan tezroq yoʻqotinglar!
Abduqodir Husanov qaysi jamoaga oʻtgani yaxshiroq?
Neymar: “Men Ronalduning fikriga toʻliq qoʻshilaman”
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi