
O‘zbekistonlik o‘rta vazn toifasidagi sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodovning (28-8-0-1) jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, sportchi 14 iyun kuni Chexiyaning Praga shahrida oktagonga chiqadi.
Murodov Ostagon 72 turniri doirasidagi musobaqada chexiyalik Patrik Kensil bilan bahs olib boradi. Jang o‘rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov 9 mart kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida tashkil etilgan Octagon 68 turnirida shveysariyalik Yasubi Enomotoga qarshi jang olib borib, ikkinchi raundning 40-soniyasida og‘ir nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchi 2019—2024 yillar oralig‘ida UFC jangchisi sifatida dunyoning eng nufuzli ligasida olti marotaba ringga chiqib, to‘rtta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!