
O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasining Atletlar komissiyasiga a’zo bo‘ldi, deb uz.kursiv.media xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u 2025–2029 yillar davomida komissiyada faoliyat yuritadi.
Komissiya tarkibiga jami to‘qqiz nafar sportchi kiritilgan. Ular orasida 2024 yilgi Parij Olimpiadasi g‘olibi — ozarbayjonlik Hidayat Heydarov ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida ayollar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha oltin medal olgan ilk sportchidir. U finalda Kosovolik Distria Krasnichini mag‘lub etgan edi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi tarkibidagi Atletlar komissiyasi sportchilar manfaatini ifodalaydi va federatsiya rahbariyati bilan aloqani ta’minlaydi. Bu organ faol va sportdan ketgan atletlar huquqlarini himoya qilishda yordam beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar