«Messi va Ronaldu kabi»: Diyora Keldiyorova Uta Abe bilan raqobat haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish5
«Messi va Ronaldu kabi»: Diyora Keldiyorova Uta Abe bilan raqobat haqida gapirdi

Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova yaponiyalik yulduz dzyudochi Uta Abe bilan raqobat haqida gapirdi. O‘zbekistonlik sportchi ikki dzyudochining darajasini Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi raqobatga qiyosladi. Uta bilan yana bir bor tatamiga chiqishdan esa aslo qochmasligini ta’kidladi.

«Bu xuddi Messi va Ronalduni taqqoslashga o‘xshaydi»

Dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Diyora Keldiyorova yaponiyalik raqibi Uta Abe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, ikki sportchini taqqoslash futboldagi Messi va Ronaldu raqobatini eslatadi.

Keldiyorova har ikki dzyudochining o‘z darajasi va yutuqlari bilan ajralib turishini qayd etdi. Shuningdek, ular o‘rtasidagi bellashuvlar muxlislarda kuchli hissiyot uyg‘otishini ta’kidladi.

«Bu xuddi Messi va Ronalduni taqqoslashlariga o‘xshaydi. Ular ham eng zo‘rlari. Biz ham Uta bilan eng zo‘rimiz. Biz eng zo‘r janglarimizni namoyish etganmiz, shuning uchun insonlar ba’zida hissiyotga berilishar», — dedi o‘zbekistonlik dzyudochi.

«Men har doim jang qilishga tayyorman»

Diyora Keldiyorovadan Uta Abe bilan yana bir bor kuch sinashishni xohlaydimi, deb ham so‘raldi. Olimpiya chempioni bu savolga qat’iy javob berdi: u har qanday raqibga qarshi tatamiga chiqishga tayyor.

«U bilan jangni kutyapmanmi? Albatta. Bu dzyudo. Men har doim jang qilishga tayyorman», — deya qo‘shimcha qildi Keldiyorova.

Bu gaplar o‘zbekistonlik sportchining kuchli raqiblardan qochmasligi va har qanday jiddiy bellashuvga tayyorligini ko‘rsatadi.

Keldiyorova va Abe raqobatida kim ustun kelgan?

Diyora Keldiyorova va Uta Abe o‘rtasidagi qarama-qarshilik dzyudo muxlislari uchun alohida qiziqish uyg‘otadi. Ma’lumot uchun, sportchilarning so‘nggi o‘zaro to‘qnashuvida o‘zbekistonlik dzyudochining qo‘li baland kelgan.

Shu bois ularning ehtimoliy navbatdagi bellashuvi ham katta qiziqish bilan kutiladi. Bir tomonda — O‘zbekistonning Olimpiya chempioni, ikkinchi tomonda — Yaponiya dzyudosining eng taniqli vakillaridan biri. Bunday raqobatda har bir harakat va har bir soniya hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Keldiyorova esa pozitsiyasini ochiq bildirdi: u Uta Abe bilan yana tatamiga chiqishga tayyor. Endi muxlislarni qiziqtirayotgan asosiy savol — ikki yulduzning navbatdagi to‘qnashuvi qachon bo‘ladi?

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?