date

Kafu: “Anchelotti bilan Braziliya yana jahon chempioni bo‘ladi”

Kafu: “Anchelotti bilan Braziliya yana jahon chempioni bo‘ladi”

Braziliya futboli afsonasi Kafu milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonishi mumkin.

«Albatta, hali himoyada ayrim savollar bor, ammo Braziliyaning o‘yinini kuzatar ekanman, menda ular chempionlik uchun yetarlicha imkoniyatga ega degan ishonch bor», — dedi Kafu.

Uning ta’kidlashicha, Anchelottida tajriba ham, futbolni chuqur anglash qobiliyati ham yetarli:
«Karlo Anchelotti qanday ishlashini juda yaxshi bilamiz. U jamoani o‘z uslubida shakllantirmoqda, faqat unga bunga yetarli vaqt kerak. Afsuski, terma jamoa bilan ishlash uchun vaqt juda oz — bu eng katta muammo».

Kafuning fikricha, Anchelottining jamoada yetakchilarga bo‘lgan ishonchi juda muhim omil:
«U mashg‘ulotlarda takrorlanishni, tizimli ishni yaxshi ko‘radi. Juda sovuqqon va ishonchli inson. Kazemironi sardor qilib tayinlagani — uning yetakchilik qobiliyatiga bo‘lgan ishonchdan dalolat. Ular “Real”da birga ishlashgan, bir-birini juda yaxshi taniydi. Bu terma uchun katta afzallik».

Kafu so‘zini xulosa qilar ekan, Braziliya Anchelotti bilan yana oltin davrga kirishiga ishonch bildirdi:
«U jamoani qayta birlashtirdi. Agar vaqt va sabr bo‘lsa, bu Braziliya yana tarix yozishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kafu: “Anchelotti bilan Braziliya yana jahon chempioni bo‘ladi”