Antonio Konte kelajagi: murabbiy qanday variantlarni ko'rib chiqmoqda?

Taniqli mutaxassis Antonio Konte yaqin orada Italiya milliy terma jamoasini boshqarmasligi aniq bo'ldi. Goal.com xabar berishicha, mamlakat Olimpiya qo'mitasi va futbol federatsiyasi rahbariyati bosh murabbiylik lavozimi uchun boshqa nomzodlarni ustun qo'ygan hamda tomonlar o'rtasida muzokaralar bo'lmagan. Avvalroq Konte o'z faoliyatini milliy jamoada davom ettirishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq vaziyat kutilganidek yakun topmadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Italiya terma jamoasi varianti yopilgach, tajribali murabbiy o'z rejalarini o'zgartirishga majbur bo'lmoqda. Ayni damda ishsiz bo'lib turgan Konte shoshilish niyatida emas va birinchi uchragan taklifni qabul qilmaydi. Uning so'nggi ish joyi Napoli klubi bo'lib, u yerda A Seriya chempionligi va Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan edi. Shundan so'ng murabbiyning darajasi yana bir bor o'z tasdiqini topdi.
Moliyaviy takliflar va kelajak rejalari
Qatarlik yoki saudiyalik investorlarning katta pul evaziga qilgan takliflari Antonio Konteni qiziqtirmagani malum bo'ldi. Mutaxassis Osiyo chempionatlariga yo'l olishni istamayapti. Uning asosiy maqsadi Yevropadagi top-klublardan birini boshqarish, xususan, Angliya Premer-ligasi yoki A Seriyaga qaytishdir.Odatda Antonio Konte mavsumoldi yig'inlaridan boshlab jamoa qabul qilishni afzal ko'radigan mutaxassislardan biridir. U Tottenxemdagi faoliyati bundan mustasno ekanini, biroq zamonaviy futbol talablari o'zgarib borayotganini yaxshi tushunadi. Shu boisdan u mavsum o'rtasida ham qulay taklif tushib qolsa, yangi chaqiruvga tayyor turishini bildirgan.
Yuventusga qaytish ehtimoli
Matbuotda tarqalgan xabarlarga ko'ra, kelajakda Antonio Kontening Yuventus klubiga qaytishi istisno qilinmaydi. Turin klubi uning uchun qadrdon makon hisoblanadi. 2014-yildagi shov-shuvli ketishidan keyin ko'p suvlar oqib o'tdi, klub rahbariyati o'zgardi. Agar turinliklardan taklif kelib tushsa, murabbiy bu imkoniyatni rad etmasligi taxmin qilinmoqda.Hozirgi vaqtda esa A Seriya va boshqa kuchli Yevropa chempionatlaridagi yetakchi jamoalarning murabbiylar shtabi band. Konte hech qanday shoshqaloqlikka yo'l qo'ymasdan, o'z ustida ishlashda davom etmoqda. U bu tanaffus davrini bilimlarini boyitish, jismoniy va ruhiy quvvatni tiklash hamda zamonaviy futbol tendensiyalarini o'rganishga sarflamoqda. Mutaxassisning o'zi ham munosib taklif kelishiga ishonmoqda va maydonga qaytgach, yanada kuchliroq bo'lishini ta'kidlagan.






























Izohlar 0
…