"Manchester Siti" o‘z maydonida "Brayton" bilan durang o‘ynadi

Angliya Premer-ligasining 21-turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z uyida "Brayton"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Erling Xoland 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 60-daqiqada esa Mitoma Donnarumma darvozasini ishg‘ol qilgan holda, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab o‘zining foydali harakatlarini amalga oshirdi hamda o‘yinni to‘liq o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
"Manchester Siti" — "Brayton" 1:1
Gollar: Xoland (41, pen) — Mitoma (60)
"Manchester Siti": Donnarumma — Ake (O’Rayli, 73), Alleyn, Xusanov, Nunesh (Lyuis, 73) — Gonsales (Rodri, 64) — Dok-u, Foden (Sherki, 73), Reynders, Silva — Xoland.
"Brayton": Verbryuggen — De Keyper, Dank, Van Xekke, Xinshelvud — Gross, Ayari (Milner, 83) — Mitoma (Uotson, 83), Gomes (Gruda, 77), Kadioglu — Ryutter (Uelbek, 77).
Ogohlantirishlar: Donnarumma (60) — Dank (29), Gross (41), Van Xekke (53), De Keyper (60), Mitoma (69), Uotson (89)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!