"Real" sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi va kubokni tark etdi (video)

Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan bahsda Arbeloa boshqaruvidagi "Real Madrid" "Albasete" bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnir bilan xayrlashdi.
Dastlab, "Real Madrid" 42-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Franko Mastantuono oradagi farqni yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘lib, jamoasini tanaffusga durang bilan chiqishini ta’minladi.
82-daqiqada Jefte Betankor yana mezbonlarni oldinga olib chiqqan edi, lekin Gonsalo Garsiya 90+1-daqiqada hisobni tenglashtirgandi. Biroq, oradan 3 daqiqa o‘tib, "Albasete" g‘alaba golini urib, muvaffaqiyatga erishdi.
Ispaniya kubogi. 1\8 final.
Albasete — Real 3:2
Gollar: Vilyar (42), Hefte (82, 90+4) — Mastantuono (45+3).
Albasete — Lizoain, Moreno, Vilyar, Neva, Bernabeu (Jogo, 74), Kapi (Rodriges, 58), Melendes, Pacheko (Pepe, 77), Eskriche (Hefte, 58), Laso (Medina, 57).
Real — Lunin, Ximenes (Karvaxal, 77), Asensio, Heysen (Alaba, 65), Fran Garsiya (Kamavinga, 65), Valverde, Sestero (Moran, 86), Guler, Mastantuono (Peres, 77), Vinisius, Gonsalo Garsiya.
Ogohlantirishlar: Heysen (65), Asensio (90+2), Hefte (90+5), Rodriges (90+6).
Shuningdek, nimchorakfinal doirasida «Betis» va «Alaves» raqiblarini mag‘lub etib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Betis — Elche 2:1
Gollar: Avilya (68, 80) — Petro (58).
Alaves — Rayo Valekano 2:0
Gollar: Martines (49), Visente (89).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!