date

PSJ Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara boshladi

PSJ Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara boshladi

PSJ bosh murabbiy Luis Enrike bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish masalasini kun tartibiga chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Le Parisien jurnalisti Benjamen Kuarez xabariga ko'ra, fransuz klubi ispaniyalik mutaxassis bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Parijliklar jamoani aynan Enrike atrofida qurishni istamoqda, chunki murabbiy klub loyihasining asosiy ustunlaridan biri sifatida ko'rilmoqda. Manbaga ko'ra, Enrike PSJda o'zini qulay his qilmoqda va klub ichida yaqin vaqt ichida uning ketishi tasavvurga sig'maydigan holat deb baholanmoqda.

Luis Enrike PSJni 2023 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Enrike qo'l ostida parijliklar Fransiya Superkubogini uch marta, Liga 1 va Fransiya Kubogini ikki martadan, shuningdek Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokni bir martadan qo'lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara boshladi