Inter Frank Kessieni A Seriyaga qaytarishni ko'zlamoqda

Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi yarim himoyachisi Frank Kessi Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. 29 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchi Milan «Inter»ining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabritsio Romano xabariga ko'ra, «neradzurrilar» mavsum yakunida ehtimoliy transfer bo'yicha muzokara o'tkazish uchun yaqin kunlarda Kessining vakillari bilan uchrashuv tashkil etishni rejalashtirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi yana yarim yil ichida tugaydi, shu bois u erkin agent sifatida bozorga chiqishi mumkin.
Qayd etilishicha, yaqinda Frank Kessining agentlari A Seriyaning yana bir grandi — «Yuventus» vakillari bilan ham uchrashgan. Sobiq «Milan» yulduzining keyingi qadami hozircha noma’lum. Transfermarkt portali Kessining bozor qiymatini 12 mln yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!