Milan va Yuventus yana oʻyinchilar almashinuvini amalga oshirishi mumkin

Milan va Yuventus yana oʻyinchilar almashinuvini amalga oshirishi mumkin
Qisqacha

Milan va Yuventus transfer oynasining so'nggi kunlarida tarkib rejalariga kirmagan futbolchilar ishtirokidagi almashinuv bitimini amalga oshirishi mumkin. Youssouf Fofana Yuventus uchun tayanch yarimhimoyachi, Fikayo Tomori esa markaziy himoya varianti sifatida ko'rilmoqda. Milanga esa Atletiko Madrid safidagi ijara muddati tugagach Yuventusga qaytgan, biroq Turin klubida qolishni istamayotgan Nico Gonzalez taklif qilingan va rahbariyat bu imkoniyatni rad etmagan.

Italiya A seriyasining yangi mavsumi boshlanishiga bir haftadan kam vaqt qolgan bir paytda, grand klublar oʻz tarkibini sarhisob qilishda davom etmoqda. Sky Sport xabar qilishicha, Milan va Yuventus klublari transfer oynasining soʻnggi kunlarida oʻz rejalariga kirmagan futbolchilar bilan bogʻliq kutilmagan almashinuv bitimini amalga oshirishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirgi kunda har ikki jamoada ham murabbiylar ishonchini yoʻqotgan yoki boshqa jamoaga oʻtishni istayotgan futbolchilar mavjud. Xususan, Milanda Youssouf Fofana, Yuventusda esa Nico Gonzalez kabi oʻyinchilar boshqa klublar uchun qiziqarli variantga aylanishi mumkin. Transfer bozorining yopilishiga oz fursat qolgani bu kabi kelishuvlarni tezlashtirishi kutilmoqda.

Markaziy chiziq va himoya uchun yangi variantlar

Yuventus bosh murabbiyi Luciano Spalletti har bir pozitsiya uchun raqobatbardosh ikki nafardan futbolchi boʻlishini talab qilmoqda. Turinliklar tarkibiga jismonan baquvvat, markazda toʻp toʻplay oladigan va Manuel Locatelli hamda Khephren Thuramga sherik boʻla oladigan tayanch yarimhimoyachisi suv va havodek zarur.

Dastlab Frank Kessie asosiy nomzod sifatida koʻrilgan edi. Biroq Milan bosh murabbiyi Ruben Amorim fransuz futbolchisini sotuvga qoʻyiladiganlar roʻyxatiga kiritgach, Youssouf Fofananing agentlari darhol Yuventus rahbariyati bilan bogʻlanib, sobiq Monako oʻyinchisini Turin klubiga taklif qilishdi.

Shuningdek, Gatti va Rugani jamoani tark etishi kutilayotgani sababli, oʻng oyoqli markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish ham dolzarb vazifa boʻlib turibdi. Sky Sport maʼlumotiga koʻra, Milandan ketishi kutilayotgan Fikayo Tomori yana Yuventus transfer nishoniga aylangan.

Milanning hujumdagi rejalari va Nico Gonzalez

Oʻz navbatida, Milan ham hujum chizigʻini va Goncalo Ramos ortidagi zonani qayta shakllantirishni rejalashtirmoqda. Jamoada faqat Christian Pulisicning qolishi aniq boʻlib turibdi, Ruben Loftus-Cheek ham variant sifatida koʻrib chiqilyapti, biroq Christopher Nkunku va Rafael Leao ketishi mumkinligi sababli oʻrinbosarlar izlanmoqda.

Ana shu vaziyatda Nico Gonzalez varianti maydonga chiqadi. Atletiko Madrid safidagi ijara muddati tugagach Turin klubiga qaytgan, biroq u yerda qolishni umuman istamayotgan argentinalik vingerning agentlari uni Milanga taklif qilishdi. Milan rahbariyati esa bu imkoniyatni butunlay rad etgani yoʻq.

Transfer oynasining soʻnggi kunlari har ikki klub uchun ham tarkibdagi ortiqcha futbolchilardan qutulish va kerakli pozitsiyalarni yopish uchun oxirgi imkoniyat boʻlib xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar