Milan va Yuventus tarkibdagi ortiqcha futbolchilar ayirboshlashini rejalashtirmoqda

Milan va Yuventus tarkib rejalariga kirmayotgan Youssouf Fofana hamda Niko Gonsalesni o'zaro ayirboshlash bo'yicha muzokaralarni yakuniy bosqichga olib keldi. Yuventus himoya chizig'ini kuchaytirish uchun tayanch yarim himoyachisi izlayotgan bo'lsa, Milan hujumkor yarim himoya chizig'ini yangilash va chap oyoqda harakatlanadigan futbolchi jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Italiya A seriyasining yangi mavsumi boshlanishiga bir haftadan kam vaqt qolgan bir paytda, Milan va Yuventus klublari oʻz rejalariga kirmayotgan futbolchilardan qutulish maqsadida kutilmagan transfer kelishuvini amalga oshirishi mumkin. Sky Sport xabar berishicha, jamoalar rahbariyati tarkibdagi ortiqcha oʻyinchilarni oʻzaro almashtirish varianti ustida ishlamoqda. Mazkur transfer oynasining soʻnggi kunlaridagi harakatlar har ikki grand jamoa uchun ham oʻz tarkibini muvozanatga keltirish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, har ikki jamoa bosh murabbiylari oʻz rejalarida foydalanmaydigan futbolchilar roʻyxatini shakllantirgan. Jumladan, Milan safida Youssouf Fofana jamoadan ketishi kutilayotganlar qatoridan joy olgan boʻlsa, Yuventusda esa Niko Gonsales bosh murabbiy ishonchini qozona olmagan futbolchilardan biri sifatida koʻrilmoqda. Transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolgan bir pallada mazkur ikki oʻyinchi raqib jamoalar uchun qiziqish uygʻotmoqda.
Maydon markazi va himoya chizigʻidagi oʻzgarishlar
Yuventus bosh murabbiyi har bir pozitsiya uchun raqobatbardosh va teng kuchli ikki nafar futbolchi boʻlishini talab qilmoqda. Turinliklar himoya chizigʻini ishonchli qoʻriqlay oladigan tayanch yarim himoyachisini qidirayotgan edi. Frank Kessi asosiy nishon sifatida qaralayotgan bir paytda, Youssouf Fofana agentlari Turin klubi rahbariyati bilan aloqaga chiqib, Fransiyalik futbolchining transferini taklif qilishgan. Shuningdek, Gatti va Rugani jamoani tark etishi kutilayotgani sababli, Yuventus oʻng qanot markaziy himoyachisi izlamoqda va bu borada Fikayo Tomori nomzodi yana klub eʼtiboriga tushgan.Milan klubi oʻz navbatida hujumkor yarim himoya chizigʻini tubdan yangilash niyatida. Hozircha faqatgina Kristian Pulisicning qolishi aniq boʻlib turibdi, qolgan futbolchilarning taqdiri esa soʻroq ostida qolmoqda. Shu sababli milanliklarga kamida yana bir futbolchi, jumladan chap oyoqda harakatlanadigan ijrochi kerak boʻlmoqda. Aynan shu omil Niko Gonsalesning Milan klubi nishoniga tushishiga sabab boʻldi.
Niko Gonsales va uning kelajagi
Atletiko Madrid safidagi ijara muddatidan soʻng Turin klubiga qaytishni istamagan Niko Gonsales oʻz navbatida Simeone jamoasiga qaytishni xohlamoqda. U allaqachon Yuventusda qolish niyati yoʻqligini maʼlum qilgan. Shunga qaramay, uning agentlari futbolchini Milanga taklif qilishgan va "rossonerilar" bu variantni butunlay rad etishmagan.Hozirgi kunda klublar oʻrtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirib bormoqda. Agar tomonlar oʻzaro kelishuvga erishsa, Youssouf Fofana hamda Niko Gonsales ishtirokidagi mazkur ayirboshlash bitimi joriy transfer oynasining eng shov-shuvli kelishuvlaridan biriga aylanishi mumkin.






























Izohlar 0
…