Bavariya rahbariyatida Kennet Eichhorn transferi sababli ichki nizo kelib chiqdi

Bavariya rahbariyatida Kennet Eichhorn transferi sababli ichki nizo kelib chiqdi

Myunxenning Bavariya klubi rahbariyatida 16 yoshli iqtidor Kennet Eichhorn transferi borasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga keldi. Bild nashrining "Bayern-Insider" podkastida xabar berilishicha, klub sport direktori Max Eberl va Christoph Freund yosh yarim himoyachini jamoaga olib kelish uchun bor kuchini sarflagan, biroq kuzatuv kengashi bu kelishuvga veto qoʻygan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maʼlumotlarga koʻra, Bavariya rahbariyati Eichhornni Chempionlar ligasi doirasidagi Pari Sen-Jermen bilan oʻyin oldidan maxsus samolyotda Myunxenga olib kelgan. Hotel Vier Jahreszeiten mehmonxonasida oʻtgan maxfiy uchrashuvda Vincent Kompany futbolchi bilan soatlab suhbatlashgan. Sport departamenti futbolchini jamoaga qoʻshib olishni juda istayotgan boʻlsa-da, moliyaviy shartlar rahbariyatni qoniqtirmagan.

Asosiy muammo futbolchi va uning agentlari talab qilayotgan bonuslar bilan bogʻliq. Xabarlarga koʻra, 16 yoshli oʻyinchi uchun 10-11 million yevro miqdoridagi koʻtarma puli (signing-on fee) soʻralgan. Bavariya kuzatuv kengashi bunday yoshdagi futbolchi uchun bu summani haddan tashqari yuqori deb hisoblab, transferni toʻxtatib qoʻygan.

Hozirda Myunxen klubidagi vaziyat boshi berk koʻchaga kirib qolgan. Sport direktorlari sarmoya kiritishga tayyor, ammo moliyaviy blok bunga ruxsat bermayapti. Eichhornning agentlari esa futbolchining bozor qiymati 20 million yevro ekanligini va bu miqdordagi xarajatlar oʻzini oqlashini taʼkidlamoqda.

Bavariya ichidagi ushbu nizo boshqa grand jamoalar uchun ayni muddao boʻldi. Ayni damda Borussiya Dortmund, Bayer Leverkusen va Liverpul klublari iqtidorli yarim himoyachini oʻz safiga qoʻshib olish uchun poygaga kirishgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar