Real Madrid Bavariya yulduzi uchun 150 million yevro taklif qilmoqda

Real Madrid prezidenti Florentino Pérez klub tarixidagi eng yirik transferlardan birini amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Britaniyaning The Telegraph nashri xabariga koʻra, Madrid klubi Bavariya hujumchisi Michael Olise uchun 175 million yevrogacha boʻlgan taklifni koʻrib chiqmoqda. Garchi Pérez ommaviy ravishda bu transferni rad etgan boʻlsa-da, insayderlar muzokaralar parda ortida davom etayotganini taʼkidlamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Bavariya sport direktori Max Eberl aprel oyidayoq ushbu masalaga nuqta qoʻyishga harakat qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Michael Olise jamoaning uzoq muddatli loyihasining muhim qismi hisoblanadi va Myunxenni tark etish niyatida emas. Eberl futbolchining 2029-yilgacha moʻljallangan shartnomasida tovon puli haqidagi band mavjud emasligini ham alohida qayd etib oʻtgan.
Florentino Pérez esa oʻz navbatida Chempionlar ligasining yetakchi klublaridan biriga Cristiano Ronaldo darajasidagi yulduz uchun kamida 150 million yevrolik rasmiy taklif yuborishini maʼlum qildi. Prezident ushbu kelashuv Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transfer boʻlishini va jamoa uchun ustuvor vazifa ekanini taʼkidlagan.
Hozircha Michael Olise Säbener Straßeʼdagi faoliyatidan mamnun koʻrinmoqda. Biroq Real Madrid kabi grand jamoaning qiziqishi va taklif qilinayotgan ulkan mablagʻ transfer bozoridagi vaziyatni keskin oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bavariya rahbariyati esa oʻz yulduzini saqlab qolish uchun barcha choralarni koʻrishini bildirgan.





























Izohlar 0
…