Lionel Messi va Son Heung-Min MLS yulduzlari tarkibidan joy oldi

Lionel Messi va Son Heung-Min MLS yulduzlari tarkibidan joy oldi

Lionel Messi muxlislar, futbolchilar va OAV vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, MLS yulduzlar jamoasidan joy oldi. Inter Miami hujumchisi bilan bir qatorda, LAFC yulduzi Son Heung-Min ham Liga MX yulduzlariga qarshi kechadigan bahs uchun asosiy tarkibga kiritildi. Shuningdek, AQSH terma jamoasi aʼzolari Tim Ream va Sebastian Berhalter ham ushbu roʻyxatdan oʻrin egallashdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Dastlabki 11 talik aniqlanganidan soʻng, jamoaning qolgan qismini bosh murabbiy Dean Smith va liga komissari Don Garber shakllantiradi. MLS yulduzlari tarkibi kutilganidek kuchli koʻrinish oldi: darvozabon Brian Schwake; himoyachilar Anthony Markanich, Mbekezeli Mbokazi, Tim Ream va Andy Najar; yarim himoyachilar Sebastian Berhalter, Zavier Gozo va Hany Mukhtar; hujumchilar esa Hugo Cuypers, Son Heung-Min va Lionel Messi.

Ushbu ramziy terma jamoada olti nafar debyutant bor. Ular orasida Aston Villa klubiga oʻtishi kutilayotgan yosh iqtidor Zavier Gozo alohida ajralib turibdi. Shuningdek, oʻtgan yozda ligaga kelgan Son Heung-Min ham ilk bor bunday eʼtirofga sazovor boʻldi. Markanich, Schwake, Cuypers va Mbokazi ham yulduzlar oʻyinida birinchi marta ishtirok etishadi.

Tajribali himoyachi Tim Ream uchun bu faoliyatidagi ikkinchi chaqiruv boʻldi, biroq u oxirgi marta bundan 15 yil oldin, yaʼni 2011-yilda New York Red Bulls safida oʻynab yurganida MLS yulduzlari tarkibiga kirgan edi. Endilikda u Charlotte FC sharafini himoya qilgan holda maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Lionel Messi va Son Heung-Min MLS yulduzlari tarkibidan joy oldi – Zamin.uz, 05.06.2026