Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finalida Senegal termasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin teng kurashlar asosida kechdi. Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz bir oz ustunlikka ham ega bo‘lishdi. Ammo bu ustunlik hisobda aks etmadi. Aksincha, Senegal termasi yoshlari o‘zlarining imkoniyatlarini poylab to‘p surishdi. Ana o‘sha imkoniyat yuzaga kelishi bilan ular gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Mamadi Tiam 77-daqiqada jamoamizni jazoladi.
Shu tariqa Ravshan Haydarov shogirdlari Jahon chempionatining chorak finalida Senegalga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
O‘zbekiston U20 - Senegal U20 0:1
Gol: Mamadi Tiam, 77
O‘zbekiston U20: Hamroyev, Ashurmatov, Abdullaev, G‘iyosov, Komilov, Hamrobekov, Sohibov, Shukurov, Tursunov, Shomurodov, O‘rinboyev.
Senegal U20: Ibrohim Say, Muhammad Sane, Elimane Sisse, Sidyi Sarr, Alhassan Silla, Mussa Kone, Mussa Vague, Rojer Gomis, Alassan Sov, Mamadu Tiam, Remi Nassalan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi