Kilian Mbappe «Real»ning yangi mavsumdagi rejalarini ochiqladi

1 daqiqa o'qish135
Kilian Mbappe «Real»ning yangi mavsumdagi rejalarini ochiqladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Kilian Mbappe «Real»ning yangi mavsumdagi yagona maqsadi barcha musobaqalarda chempionlikni qo'lga kiritish ekanini bildirdi.
  • U jamoa mavsumoldi tayyorgarligida bor kuchini ishga solib, La Ligadagi ilk rasmiy uchrashuvga yuqori darajada tayyorlanishi kerakligini ta'kidladi.
  • Mbappe «Real» yana yirik sovrinlarni qo'lga kiritishiga ishonishini va jamoa millionlab muxlislarini xursand qilish uchun butun mavsum davomida kurashishini aytdi.

Madridning «Real» klubi hujumchisi va jahon futboli yulduzi Kilian Mbappe yangi mavsum oldidan jamoaning asosiy maqsadlari hamda tayyorgarlik jarayoni haqida klub rasmiy saytiga katta intervyu berdi.

Fransiyalik yulduz mashg‘ulotlarda bor kuchi bilan ter to‘kayotganini ta’kidlab, jamoaning yagona maqsadi barcha musobaqalarda chempionlikni qo‘lga kiritish ekanini qat’iy bildirdi.

«Hozir qattiq mehnat qilish davri»

Mbappe mavsumoldi yig‘inlarining ahamiyati va jamoaning jismoniy holati haqida to‘xtalib, shunday dedi:

«Mavsumoldi tayyorgarlikning ilk kunlaridanoq o‘zimni to‘liq namoyon etishga harakat qilyapman. Hozir qattiq va tinimsiz mehnat qilish kerak bo‘lgan davr.

Rasmiy uchrashuvlar boshlanganidan keyin esa jismoniy yuklamani to‘g‘ri taqsimlashimizga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda bor kuchimizni ishga solib, o‘yin ritmini to‘liq his qilishimiz va La Ligadagi ilk rasmiy uchrashuvga yuqori darajada tayyor bo‘lishimiz shart».

«Biz g‘alaba qozonishimiz shart va shunday bo‘ladi»

«Qirollik klubi» to‘purari jamoadagi ruhiyat va muxlislar oldidagi mas’uliyat haqida gapirar ekan, har bir sovrin uchun oxirigacha kurashishni va’da qildi:

«Biz faqat g‘alaba qozonishimiz shart. Ishonamanki, bu mavsumda yana yirik sovrinlarni qo‘lga kiritishga qaytamiz. Biz aynan shuni xohlayapmiz va bu amalga oshadi!

Jamoaning bunga juda jiddiy tayyorlanayotganini his qilyapman. Butun mavsum davomida millionlab muxlislarimizni xursand qilish uchun bor e’tiborimizni shu maqsadga qaratamiz. «Real» bilan birgalikda sovrinlar yutish va ishqibozlarni quvontirishdan muhimroq narsa yo‘q», — deya so‘zini yakunladi Mbappe.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?