11:52 / 26.07.2017
5 006

Xitoy jamoalari qarzdorlik botqog‘iga botishdi. Ahmedov va Ismoilovning taqdiri nima bo‘ladi?

Xitoy jamoalari qarzdorlik botqog‘iga botishdi. Ahmedov va Ismoilovning taqdiri nima bo‘ladi?
Xitoy so‘nggi ikki yil davomida mamlakatda futbol sport turi yanada rivojlanishi uchun bir qator yangiliklarni amalga oshirdi. Jumladan, Xitoy Superligasi jamoalari futbolchilar xaridiga Evropaning manaman degan klublaridan ham ko‘proq mablag‘ sarflashdi.

Biroq xitoylik sarmoyadorlar boshlagan ishning oxiri samarali yakunlanmasligi mumkin. Chunki, olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Superliganing 13 klubi futbolchilarning maoshi va mukofot pullaridan katta qarzdorlikka kirib qolgan.

Ushbu jamoalar 15 avgustga qadar Xitoy futbol assosiasiyasiga qarzlardan to‘liq qutulganini isbotlovchi hujjatlarni topshirishlari kerak bo‘ladi. Agar qo‘yilgan talab berilgan muddat mobaynida bajarilmasa, qarzdor klublar kelasi mavsumdagi chempionat o‘yinlaridan chetlatiladi.

Achinarlisi, klublar orasida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanghay SIPG” jamoasi ham bor. Undan tashqari Superliganing amaldagi chempioni “Guangjou Evergrand” jamoasi futbolchilarning mukofot pullarini o‘z vaqtida to‘lay olmagan.

Asosiysi, qarzi bor klublar ro‘yxatidan O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi Anzur Ismoilov to‘p suradigan “Changchun Yatay”, dunyoda eng ko‘p maosh ishlab topadigan futbolchi Esekiel Lavessi (“Xebey Chayna Forchun”), argentinalik mashhur futbolchi Karlos Teves (“Shanxay Shenxua”) va belgiyalik taniqli futbolchilardan biri Aksel Vitsel o‘ynayotgan (“Tyangjin Syuanjiang”) jamoalar nomi tilga olingan.

Shuningdek, Xitoyda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladigan Egor Krimes faoliyat olib boradi. Ammo Egorning jamoasi (“Beyszin Goan”) qarzdorlar ro‘yxatiga kiritilmadi.

Ma’lumot o‘rnida, yuqorida keltirib o‘tilgan futbolchilar Xitoyda legioner maqomi ostida to‘p surishadi. Legionerlar shu kungacha doimo mahalliy futbolchilardan ko‘proq maosh olib kelishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy jamoalari qarzdorlik botqog‘iga botishdi. Ahmedov va Ismoilovning taqdiri nima bo‘ladi?