UYeFA sobiq prezidenti Mishel Platini Fransiya politsiyasi tomonidan hibsga olinmadi.
CNN xabariga ko‘ra, 63 yoshli mulozim JCh-2022 mezbonini saylash jarayonidagi korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilinish uchun politsiya mahkamasiga olib ketildi. Bunda Platiniga hech qanday ayblov qo‘yilmadi va u so‘roqdan so‘ng qo‘yib yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Platini 2007-2015 yillar davomida UYeFA prezidenti bo‘lib ishlagan. 2015 yilda u FIFA intizom qo‘mitasi tomonidan 8 yilga futboldan chetlatilgan edi. 2016 yilda bu muddat 4 yilga qisqartirildi.
Ma’lumot uchun, 2010 yilning dekabrida FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi qaroriga ko‘ra 2022 yilgi jahon chempionati mezbonligini Qatar qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtdayoq ingliz matbuotida ushbu jarayonda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bo‘yicha tekshiruvlar chiqa boshlagandi. Xabarlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ayrim amaldorlar Qatar vakillaridan 5 million dollar miqdorida pora olingani aytilgandi.
FIFA mustaqil komissiyaga ushbu ishni tekshirishni topshirgandi. 2014 yilda bu ishda korrupsion kelishuvni isbotlovchi dalillar topilmagani e’lon qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi