Son Xen Min: «Qanday hisobda g‘alaba qozonishning farqi yo‘q, muhimi g‘alaba»

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xen Min terma jamoaning ertangi o‘yin uchun rejalari haqida jurnalistlarning savollariga javob berdi. Ayni damda Leverkuzenning "Bayer "klubida to‘p surayotgan iste’dodli hujumchi terma jamoa Avstraliyaga chempion bo‘lish uchun kelganini aytib o‘tdi.
"Biz Avstraliyaga chempion bo‘lish uchun keldik. Shu bois oxirigacha kurashamiz. Ertaga O‘zbekistonga qarshi kechadigan o‘yinga tayyormiz", - deydi koreyalik hujumchi.
"To‘rt yil oldingi musobaqada ancha yosh edim. Hozir ancha tajriba to‘pladim. Agar murabbiy menga ishonch bildirsa bor kuchim bilan o‘ynab terma jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman. Futbolda muhimi g‘alaba. Qanday hisobda g‘alaba qozonishning farqi yo‘q, muhimi g‘alaba qozonsak bo‘ldi", - dedi Son Xen Min.
Manba: www.Stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing