Andijonda bog'cha ochish uchun 10 ming dollar so'ragan shaxs ushlandi

Jamiyat1 daqiqa o'qish307
Andijonda bog'cha ochish uchun 10 ming dollar so'ragan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida xususiy bog'cha tashkil etish uchun zarur litsenziya va ruxsatnomalarni olib berishni va'da qilgan shaxs 10 ming dollar talab qilgani aniqlandi. U pulning bir qismini olayotgan vaqtida qo'lga olingan. Bu haqda O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 1984 yilda Andijon tumanida tug'ilgan shaxs Baliqchi tumanida yashovchi 1974 yilda tug'ilgan fuqaroga xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi ochishda yordam berishini aytgan.

U o'zining yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari orqali bog'cha faoliyati uchun zarur litsenziya va boshqa ruxsatnomalarni tezda rasmiylashtirib berishini va'da qilgan. Bu «xizmat» evaziga esa fuqarodan 10 ming AQSh dollari talab qilingan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Andijon shahridagi Mustaqillik mahallasida kelishilgan pulning 5 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda uning harakatlariga huquqiy baho berish va voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov jarayonida gumonlanuvchining boshqa shaxslarga ham shunga o'xshash va'dalar bergan-bermagani hamda voqeaga aloqador boshqa holatlarga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?