15:28 / 26.08.2020
2 214

Bu yil O‘zbekistonda Osiyo chempionati bo‘lmaydi

Bu yil O‘zbekistonda Osiyo chempionati bo‘lmaydi
Xabaringiz bor, bu yil O‘zbekiston U19 terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi.
Ammo dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat hamon murakkabligicha qolayotgani sabab, Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a miqyosidagi yirik musobaqalarni, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo chempionatini ham keyingi yilga qoldirishga qaror qildi.

Xabarlarga qaraganda, bugun OFK rasman bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, U19 terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati shu yilning 14-31 oktabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu yil O‘zbekistonda Osiyo chempionati bo‘lmaydi