Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 23 noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Barselona» o‘z maydonida «Benfika»ni qabul qildi. Uchrashuv davomida har ikkala jamoa vakillarida ham qator imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq darvozalarga to‘p kiritilmadi.
«Barselona» E guruhida «Bavariya»dan keyin 7 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi. 3-o‘rindagi «Benfika»ning hisobida 5 ochko mavjud. Shu tariqa E guruhidagi ikkinchi yo‘llanma masalasi so‘nggi turga qoldi. 6-turda «Barselona» «Bavariya» bilan bahs yuritadi.
«Chelsi» Londonda «Yuventus» bilan bahs yuritdi va raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. «Aristokratlar»ning gollariga Trevo Chaloba, Ris Jeyms, Kallum Hadson-Odoi va Timo Verner mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi»ning ochkolari soni 12 taga yetdi va «Yuventus» bilan tenglashib oldi. Ikkala jamoa ham guruhdan chiqish masalasini hal qildi.
«Atalanta» «Yang Boyz» bilan jangovar durang o‘ynagan bo‘lsa, «Zenit» so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
«Barselona» Ispaniya – «Benfika» Portugaliya 0:0
«Barselona» – ter Stegen, Pike, Langle (Dest, 86), Arauxo (Erik Garsiya, 86), Alba, Buskets, de Yong, Niko Gonsales, Gavi, Demir (Dembele, 66), Depay.
«Benfika» – Vlaxodimos, Jilberto, Vertongen, Otamendi, Almeyda, Grimaldo (Seferovich, 81), Joau Mariu (Taarabt, 59), Rafa Silva (Lazaro, 70), Vaygl, Yaremchuk (Nunes, 59), Everton (Pissi, 70).
Ogohlantirishlar: Grimaldo (35), Joau Mariu (49), Pike (49), Vlaxodimos (90), Taarabt (90).
«Chelsi» Angliya – «Yuventus» Italiya 4:0
Gollar: 1:0 – 25 Chaloba, 2:0 – 55 Jeyms, 3:0 – 58 Hadson-Odoi, 4:0 – 90 Verner.
«Chelsi» – Mendi, Jeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Chiluell (Aspilikueta, 71), Jorjino (Saul, 76), Kante (Loftus-Chik, 37), Ziyesh, Pulishich (Verner, 72), Hadson-Odoi (Maunt, 76).
«Yuventus» – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Makkenni, Rabo, Lokatelli (Artur, 67), Bentankur (Dibala, 59), Kuadrado (de Vinter, 81), Morata (Kin, 67), Keza (Kulusevski, 80).
Ogohlantirish: Kuadrado (23).
«Yang Boyz» Shveysariya – «Atalanta» Italiya 3:3
Gollar: 0:1 – 10 Sapata, 1:1 – 39 Sebatsho, 1:2 – 51 Palomino, 2:2 – 80 Serro, 3:2 – 84 Xefti, 3:3 – 87 Muriel.
«Sevilya» Ispaniya – «Volfsburg» Germaniya 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Jordan, 2:0 – 90 Rafa Mir.
«Lill» Fransiya – «Zalsburg» Avstriya 1:0
Gol: 1:0 – 31 Devid.
«Malmyo» Shvetsiya – «Zenit» Rossiya 1:1
Gollar: 1:0 – 28 Riks, 1:1 – 90, penalti Rakiskiy. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi