Sberbank sun’iy intellektli ilk to‘lov terminalini taqdim etdi

Sberbank Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida sun’iy intellekt bilan jihozlangan NEO nomli yangi to‘lov terminalini taqdim etdi. Kompaniya uni dunyodagi birinchi AI-terminal sifatida tanishtirmoqda.
Futuristik dizayndagi qurilma foydalanuvchiga avtomatik moslasha oladi. Terminal bank kartasi, smartfon, QR-kod va yuzni tanish orqali to‘lovlarni qabul qiladi.
“Tabassum bilan to‘lash” funksiyasi uchun terminalda 3D-kartografiya, adaptiv yoritish tizimi va sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanilgan.
Sberbank ma’lumotiga ko‘ra, NEO yorug‘lik sharoiti murakkab bo‘lgan joylarda ham mijozni aniq taniy oladi. Mutaxassislar bunday texnologiyalar kelajakda kartasiz va telefonsiz to‘lovlarni kengaytirishi mumkinligini aytmoqda.





























Izohlar 0
…