Nyukasl Yunayted Real Madrid va Chelsi nishonidagi darvozabonni sotib oldi

1 daqiqa o'qish606
Nyukasl Yunayted Real Madrid va Chelsi nishonidagi darvozabonni sotib oldi

«Nyukasl Yunayted» jamoasi «Stade de Reims» darvozaboni Ewen Jaouen transferi boʻyicha kelishuvga erishdi. 20 yoshli iqtidorli posbon uchun «qargʻalar» 28,5 million yevro miqdorida mablagʻ sarflashadi. Xabarlarga koʻra, futbolchi Eddie Howe jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan va yozgi transfer oynasida «Sent-Jeyms Park»ga koʻchib oʻtadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu transfer «Nyukasl Yunayted» skautlari uchun katta gʻalaba hisoblanadi, chunki yosh darvozabon uchun kurashda «Chelsi» va «Real Madrid» kabi grand klublar ham bor edi. Ewen Jaouen avvalroq «Chelsi» mashgʻulot bazasiga tashrif buyurgan, «Real Madrid» esa uni Thibaut Courtois oʻrnini bosuvchi uzoq muddatli voris sifatida koʻrayotgan edi.

Hozirda jamoaning asosiy darvozaboni hisoblangan Nick Pope aprel oyida 34 yoshni qarshiladi. Garchi u Eddie Howe rejalarining muhim qismi boʻlib qolsa-da, klub uning qoʻl ostida tajriba orttiradigan yoshroq muqobil topishni maqsad qilgan edi. Shu sababli, «Nyukasl Yunayted» Aaron Ramsdale bilan ijara shartnomasini doimiy koʻrinishga keltirmaslikka qaror qildi.

Ewen Jaouen oʻzining yosh boʻlishiga qaramay, katta tajribaga ega. U 2024-25 yilgi mavsumda «Dunkerque» safida ijara asosida harakat qilib, jamoasining Fransiya kubogi yarim finaliga qadar yetib borishida muhim rol oʻynadi. «Reims» safiga qaytgach, u jamoaning asosiy posboniga aylandi va oʻzining ishonchli oʻyinlari bilan koʻplab mutaxassislar eʼtiborini tortdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?