Honor 600 Super Edition va Honor 600 Pro taqdimot oldidan oshkor etildi

Xitoy bozorida taqdim etilishi kutilayotgan Honor 600 turkumidagi smartfonlar global bozordagi modellardan dizayn jihatidan keskin farq qiladi. Digital Chat Station insayderi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Honor 600 Super Edition va Honor 600 Pro modellari oʻziga xos texnik xususiyatlarga ega boʻladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi qurilmalarning batareya quvvati kutilganidan ham yuqori: Super Edition modeli 8600 mA/soat, Pro versiyasi esa 8000 mA/soat sigʻimli akkumulyator bilan jihozlanadi. Super Edition ikki kamerali tizimga ega boʻlsa, Pro versiyasi uchta kamera va periskopik obyektiv bilan taʼminlanadi.
Honor kompaniyasi smartfonlar taqdimotini 25-may kuniga belgiladi va JD.com, TMall hamda Honor Mall platformalarida oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshlab yubordi. Qurilmalar 50 MP old kamera va 200 MP asosiy sensor (1/1,4 dyuym) bilan jihozlanadi.
Texnik jihatdan yangi smartfonlar 12 MP ultra keng burchakli modul, 50 MP qoʻshimcha sensor, AI Image to Video 2.0 funksiyasi hamda 30x gacha raqamli zum imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, korpus IP69 standarti boʻyicha suv va changdan himoyalangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!