Elon Musk: Maʻlumotlar markazlarini Oydan raketasiz uchirish mumkin boʻladi

Elon Musk: Maʻlumotlar markazlarini Oydan raketasiz uchirish mumkin boʻladi

Yaqin orada dunyoning ilk trillioneriga aylanishi kutilayotgan Elon Musk navbatdagi shov-shuvli bayonot bilan chiqdi. Uning taʻkidlashicha, sunʻiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan maʻlumotlarni qayta ishlash markazlarini (DTS) Oydan koinotga raketalarsiz uchirish imkoniyati paydo boʻladi. Bunda Oyning tabiiy resurslaridan quyosh panellari va kosmik hisoblash tizimlari uchun radiatorlar ishlab chiqarishda foydalanish koʻzda tutilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Muskning hisob-kitoblariga koʻra, Yer sayyorasi sunʻiy intellekt tizimlari uchun yiliga taxminan 1 teravatt hisoblash quvvatini taʻminlay olsa, Oyda bu koʻrsatkich 1000 teravattdan oshishi mumkin. SpaceX rahbari Oyda shahar barpo etilgandan soʻng kompaniya nimalar bilan shugʻullanishi haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Kompaniya sunʻiy yoʻldoshlar va yangi maʻlumotlar markazlarini uchirish uchun maxsus mass-drayverlar (elektromagnit tezlatkichlar) qurishni rejalashtirmoqda.

Joriy yil boshida SpaceX oʻz eʻtiborini Marsni mustamlaka qilishdan koʻra, Oyda oʻzini-oʻzi taʻminlay oladigan shahar qurishga qaratdi. Shunga qaramay, Elon Musk Mars haqidagi rejalaridan butunlay voz kechmagan. U Marsni "taʻmirtalab sayyora" deb atab, u yerda sunʻiy ravishda atmosfera hosil qilish mumkinligini taʻkidladi.

Shuningdek, tadbirkor Starship kemasi yordamida yuklarni koinotga yetkazib berish narxi kelajakda samolyotda yuk tashish narxidan ham arzonroq boʻlishini bashorat qilmoqda. Bu esa koinotni oʻzlashtirish va sunʻiy intellekt infratuzilmasini kengaytirishda yangi davrni ochib berishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar