
WhatsApp iPhone foydalanuvchilari uchun ovozli xabarlarni matnga aylantirish funksiyasini yanada qulaylashtirmoqda, deb Pepelac News xabar berdi. Yaqin kunlarda foydalanuvchilar qaysi ovozli xabarlarni matnga aylantirishni o‘zlari tanlay olishadi.
Avvalroq, bu funksiya avtomatik rejimda ishlagan — foydalanuvchi 41 ta til orasidan birini tanlab, barcha ovozli xabarlar matnga aylantirilardi. Endilikda esa WhatsApp foydalanuvchilarga qo‘lda boshqariladigan rejimni taqdim etmoqda. Bu rejim tanlanganda, xabar oynasida alohida tugma paydo bo‘ladi — bosilganda xabar matn shaklida chiqadi.
Yangi funksiya iOS 16 va undan yangi tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilmoqda. Kompaniya barcha ovozli xabarlar faqat qurilma ichida, Apple’ning lokal til modellari orqali qayta ishlanishini bildirgan. Ma’lumotlar hech qayerga yuborilmaydi, shifrlash esa saqlanib qoladi.
Ayni paytda ushbu funksiya faqat ayrim beta foydalanuvchilar uchun mavjud, ammo yaqin haftalarda keng auditoriyaga taqdim etilishi kutilmoqda. Global chiqish sanasi hozircha e’lon qilinmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar