Apple kompaniyasi iPhone 18 Pro uchun shoshilinch iOS 27.0.1 yangilanishini chiqardi

Apple kompaniyasi iPhone 18 Pro uchun shoshilinch iOS 27.0.1 yangilanishini chiqardi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Apple kompaniyasi iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max qurilmalaridagi Face ID, kamera va interfeysdagi jiddiy nosozliklarni bartaraf etish uchun iOS 27.0.1 yangilanishini chiqardi.
  • Ushbu yangilanish, jumladan, yuzni tanish jarayonida smartfonning qayta ishga tushib ketishi, Face ID'ning vaqtincha ishlamay qolishi hamda ma'lum sharoitlarda suratga olingan tasvirlarda paydo bo'ladigan rang artefaktlari kabi muammolarni hal qiladi.

Apple kompaniyasi iOS 27 operatsion tizimi taqdim etilganidan ikki hafta oʻtib, ilk muhim dasturiy yangilanish — iOS 27.0.1 talqinini chiqarishdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, ushbu tezkor yangilanish flagman qurilmalardagi bir qator jiddiy nosozliklarni, jumladan, Face ID va kamera ish faoliyatidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Asosiy oʻzgarishlar aynan iPhone 18 Pro hamda iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilariga daxldor. Oxirgi haftalarda mazkur qurilma egalari yuzni tanish jarayonida xatolik yuzaga kelganda smartfon kutilmaganda qayta ishga tushib ketishidan shikoyat qilishgandi. Shuningdek, ayrim holatlarda Face ID funksiyasi vaqtincha ishlamasligi va uni sozlashda qiyinchiliklar kuzatilgan edi.

Kamera va interfeusdagi xatoliklar bartaraf etildi

Yangi dasturiy taʼminot faqatgina xavfsizlik va biometrikaviy xatolarni emas, balki apparatning boshqa imkoniyatlariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Xususan, maʼlum yorugʻlik sharoitlarida va f/1.48 diafragma qiymatida 2 karrali yaqinlashtirish (zum) yordamida olingan suratlarda paydo boʻladigan noxush rang artefaktlari muammosi hal qilindi. Ushbu holat cheklangan miqdordagi iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarida kuzatilgan edi.

Bundan tashqari, interfeys barqarorligiga oid yana bir muhim nosozlik tuzatildi. Bildirishnomalar markazi (Notification Center) hamda Boshqaruv punkti (Control Center) bir vaqtning oʻzida ochib yuborilganda, baʼzi hollarda sensorli ekran butunlay javob berishdan toʻxtab qolishi aniqlangan edi. Yangilanish bu kabi qotib qolish holatlarining oldini oladi.

Yangilanishni qanday oʻrnatish mumkin?

Hozirgi kunda iOS 27.0.1 dasturiy taʼminoti barcha mos keluvchi foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlib, uni standart tarzda smartfon sozlamalari orqali oʻrnatish mumkin. Buning uchun «Sozlamalar» boʻlimiga kirib, «Asosiy» hamda «Dasturiy taʼminot yangilanishi» bandlarini ketma-ket tanlash kifoya qiladi.

Shu bilan birga, Apple ekotizimining boshqa foydalanuvchilari ham eʼtibordan chetda qolmadi. Kompaniya bir vaqtning oʻzida iPadOS 27.0.1 va visionOS 27.0.1 yangilanishlarini ham taqdim etdi. Hali yangi avlod operatsion tizimiga oʻtmagan foydalanuvchilar uchun esa xavfsizlikni taʼminlash maqsadida iOS 26.7.1 hamda iPadOS 26.7.1 versiyalari tayyorlandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar