iPhone 18 Pro smartfonida 27 milliard parametrli sunʼiy intellekt ishga tushirildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- iPhone 18 Pro'da 27 milliard parametrli Bonsai-27B til modeli muvaffaqiyatli ishga tushirildi, bu esa qurilmaning o'zida sun'iy intellekt imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqdi.
- Yangi Apple A20 Pro chipi va 12 GB LPDDR5X tezkor xotirasi tufayli matn va so'rovlarni generatsiya qilish tezligi iPhone 17 Pro'ga nisbatan ikki baravar oshdi.
- Bu texnologiya foydalanuvchilarga internetga ulanmasdan, maxfiylikni saqlagan holda sun'iy intellektdan foydalanish imkonini beradi.
Apple kompaniyasining boʻlajak flagmani iPhone 18 Pro qurilmaning oʻzida sunʼiy intellekt imkoniyatlarini bajarishda misli koʻrilmagan natijalarni koʻrsatdi. ixbt.com nashrining yozishicha, texnologiya ishqibozi Adriyen Grondin smartfonda 27 milliard parametrga ega boʻlgan ulkan Bonsai-27B til modelini toʻliq lokal tarzda muvaffaqiyatli ishga tushirgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Sinov jarayonida maʼlum boʻlishicha, yangi smartfonda matn va soʻrovlarni generatsiya qilish tezligi oʻtgan avlod – iPhone 17 Pro qurilmasiga nisbatan salkam ikki baravar yuqori boʻlgan. Mutaxassisning taʼkidlashicha, mazkur yuqori natijaga erishishda yangi avlod protsessori hal qiluvchi rol oʻynagan.
Yangi Apple A20 Pro chipining imkoniyatlari
Ekspertlar va ixlosmandlar tomonidan «chinakam daxshatli kuch» deb taʼriflanayotgan yangi Apple A20 Pro protsessori mobil qurilmalar tarixida ilk bor ikkita 16 yadroli neyroprotsessor bilan jihozlandi. Ushbu arxitektura sunʼiy intellekt vazifalarini bajarishda yuqori samaradorlikni taʼminlaydi.Shuningdek, qurilmaning xotira quyi tizimi ham jiddiy modernizatsiyadan oʻtkazildi. iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari 96 bitli shina hamda soniyasiga 115,2 gigabayt oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan 12 GB hajmldagi LPDDR5X tezkor xotirasi bilan taʼminlandi.
Lokal sunʼiy intellektning afzalliklari
Maʼlumki, katta hajmli til modellarini ishga tushirishda tezkor xotiraning oʻtkazish qobiliyati eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Yangi smartfondagi texnik koʻrsatkichlar sunʼiy intellektni bulutli serverlarga murojaat qilmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri smartfonning oʻzida ishlatish imkonini berdi.Bonsai modeli bilan oʻtkazilgan sinovlar foydalanuvchi soʻrovlarini internetga ulanmasdan, maxfiylikni toʻliq saqlagan holda bajarish davri yaqinlashib kelayotganini koʻrsatmoqda. Bu esa mobil qurilmalardagi neyrotarmoq texnologiyalarining yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat beradi.






























Izohlar 0
…