Google sunʼiy intellekt xizmati Gemini foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

Google kompaniyasining sun'iy intellektga asoslangan Gemini ilovasi oyiga 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchiga ega global platformaga aylandi. Bu ko'rsatkich veb-versiya, Android va iOS ilovalari hamda Chrome brauzeriga integratsiya qilingan imkoniyatlar orqali qayd etilgan, xizmat esa 2024-yilning fevral oyida taqdim etilgan.
Sunʼiy intellekt texnologiyalari bozoridagi raqobat har kuni yangi bosqichga koʻtarilmoqda. ixbt.com nashrining xabar qilishicha, Google kompaniyasining sunʼiy intellektga asoslangan Gemini ilovasi oyiga 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchiga ega global platformaga aylandi. Ushbu muhim koʻrsatkich veb-versiya, Android hamda iOS uchun maxsus ilovalar, shuningdek, Chrome brauzeriga integratsiya qilingan imkoniyatlar orqali qayd etilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, Gemini kompaniya tarixidagi eng tez oʻsib borayotgan mahsulot boʻlib qolmoqda. Eslatib oʻtamiz, ushbu isteʼmolchi versiyasi ilk bor 2024-yilning fevral oyida taqdim etilgan edi. Shundan soʻng xizmat auditoriyasi jadal surʼatlar bilan kengayib bordi: 2025-yilning may oyida oyiga 400 million foydalanuvchi qayd etilgan boʻlsa, keyinchalik bu koʻrsatkich 750 millionga, 2026-yilning mayiga kelib 900 millionga, iyul oyi oxirida esa 950 millionga yetgan edi. Natijada, soʻnggi bir necha hafta ichida platforma tarixiy marraga yetib keldi.
Ekosistema va mobil qurilmalarning oʻrni
Qizigʻi shundaki, keltirilgan statistikaga Google qidiruv tizimi hamda Gmail orqali Gemini modellaridan foydalanuvchilar umuman kiritilmagan. Auditoriyaning keskin oʻsishida ayniqsa Android va Chrome kabi kompaniya ekosistemasiga chuqur integratsiya qilingani asosiy omillardan biri boʻldi. Xususan, faqatgina iOS operatsion tizimining oʻzida har oyda 100 milliondan ortiq inson mazkur xizmatdan faol foydalanmoqda.Google sunʼiy intellekt tizimidan foydalanishning qiziqarli oʻziga xos xususiyatlarini ham oshkor qildi. Maʼlum boʻlishicha, foydalanuvchilarning salkam 63 foizi bot bilan muloqot qilishda ovozli imkoniyatlarni afzal koʻradi. Shuningdek, Gemini Live seanslarining taxminan har beshinchisida kamera yoki ekran namoyishidan foydalanilishi qayd etilgan. Foydalanuvchilar har kuni sunʼiy intellekt yordamida 150 milliondan ortiq turli xil tasvirlarni yaratmoqda.




























Izohlar 0
…