Toshkentda ROBOTIS gumanoid robotlar zavodini qurmoqda

1 daqiqa o'qish182
Toshkentda ROBOTIS gumanoid robotlar zavodini qurmoqda

Toshkent shahridagi «Yangi Avlod» sanoat zonasida Koreyaning ROBOTIS kompaniyasiga tegishli innovatsion zavod qurilishi boshlandi. Loyiha «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Yangi korxonada sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlangan insonsimon robotlar va ular uchun zarur butlovchi qismlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu O‘zbekistonda gumanoid robotlar tayyorlashga ixtisoslashgan birinchi ishlab chiqarish maydoni bo‘lishi kutilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati qariyb 100 million dollarni tashkil etadi. Zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi 10 gektar hududda joylashadi.

Zavod ishga tushgach, 2 mingdan ortiq mutaxassisni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Shuningdek, mamlakatda robototexnika bo‘yicha mahalliy muhandislik bazasi va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish yo‘nalishi shakllantiriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev mazkur loyiha sun’iy intellekt texnologiyalarini O‘zbekiston sanoatiga joriy etishda muhim qadam bo‘lishini aytdi.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv o‘tgan yilning dekabr oyida Janubiy Koreyada imzolangan. Ma’lumotga ko‘ra, Janubiy Koreya O‘zbekistonning asosiy texnologik hamkorlaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalarining umumiy hajmi 8 milliard dollardan oshgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?