Hindistonda SpaceX Raptor dvigateliga oʻxshash yangi raketa qurilmasi namoyish etildi

Hindistonning Astrobase Space Technologies kompaniyasi metan va kislorodda ishlaydigan, 80 tonna-kuchga teng tortish kuchini rivojlantira oladigan Everest raketa dvigatelini taqdim etdi. Qurilma komponentlarni to'liq gazlashtiruvchi yopiq FFSC sxemasiga asoslangan bo'lib, bu prinsipdan SpaceX kompaniyasi Starship raketalarining Raptor dvigatellarida ham foydalanadi.
Hindistonning Astrobase Space Technologies kompaniyasi zamonaviy raketasozlikdagi eng murakkab sxemalardan biriga asoslangan metan yoqilgʻisida ishlaydigan Everest dvigatelini taqdim etdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur qurilma 80 tonna-kuchga teng eʼlon qilingan tortish kuchini rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻlib, uning yaratilishi kosmik texnologiyalar bozoridagi raqobatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Toʻliq gazlashtirish texnologiyasi
Yangi Everest dvigatelining ishlash prinsipi kislorod va metandan foydalanishga hamda komponentlarni toʻliq gazlashtiruvchi yopiq sxemaga (Full-Flow Staged Combustion, FFSC) asoslangan. Maʼlum qilinishicha, aynan shunday prinsipdan Elon Muskʼga tegishli boʻlgan SpaceX kompaniyasi oʻzining Starship raketalarida qoʻllaniladigan Raptor dvigatellarida foydalanadi.Dvigatel konstruksiyasi ikkita maxsus gazogeneratorni oʻz ichiga oladi. Ulardan birida yoqilgʻining kichik ulushi ortiqcha oksidlovchi bilan yoqilsa, ikkinchisida esa buning aksi boʻlgan nisbat ishlatiladi. Natijada yoqilgʻi ham, oksidlovchi ham asosiy yonish kamerasiga toʻgʻridan-toʻgʻri gaz holatida kelib tushadi.
Kelgusidagi sinovlar va rejalashtirilgan parvozlar
Ushbu texnologik yondashuv yonish kamerasining hajmini sezilarli darajada kichraytirish, yonish jarayonlarini tezlashtirish hamda dvigatelning samaradorligi va solishtirma impulsi koʻrsatkichlarini oshirish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida zamonaviy raketasozlikda muhim qadam hisoblanadi.Astrobase Space Technologies vakillarining rejasiga koʻra, yangi Everest dvigatelining ilk olovli sinovlari bundan bir necha oy oʻtiboq oʻtkazilishi kutilmoqda. Kelgusida esa ushbu agregatni oʻrta sinfdagi koʻp martalik foydalaniladigan raketa-tashuvchiga oʻrnatish rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning prognozlariga koʻra, mazkur koʻp martalik raketaning birinchi muvaffaqiyatli parvozi 2028-yildan erta boʻlmagan muddatda amalga oshirilishi kutilmoqda. Hozirda kompaniya mutaxassislari sinov jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish ishlarini jadal davom ettirmoqda.






























Izohlar 0
…