“LinkedIn” 2014 yilning 25ta asosiy kasbiy malakalarni e’lon qildi

“LinkedIn” ijtimoiy tarmog‘i 2014 yilning 25ta eng dolzarb kasbiy malakalari ro‘yxatini chop etdi. LAM’ning yozishicha, bu ro‘yxatlar ham butun dunyo bo‘yicha, ham alohida davlatlar (Avstraliya, Braziliya, Kanada, Fransiya, Hindiston, Niderlandiya, JAR, BAA, Buyuk Britaniya, AQSh uchun) miqyosida tuzib chiqilgan.
Bu ro‘yxatning birinchi o‘rnini ma’lumotlarni statistik chuqurlashtirilgan analizi egalladi. Birinchi o‘ntalikka turli operasion tizimlarni o‘zaro bog‘lash uchun mo‘ljallangan dastur (bog‘lovchi dasturiy ta’minot)ning ishlab chiqilishi, bulutli texnologiyalar, tarmoq va axborot xavfsizligi, SEO- va SEM-olg‘a surish, biznes-analitika, mobil ishlanmalar, saytlarni va freymvorklarni loyihalash arxitekturasi, algoritmlarni yaratish hamda Python, Ruby va Perl tillarida dasturlay olish kabi malakalari kirdi.
“LinkedIn”ning qayd etishicha, 2014 yilda yuqori o‘rinlarga ilmiy, texnologik, muhandislik va matematik malakalar, hamda ma’lumotlar bilan ishlash, ikkinchi tilni bilish va internet-marketing malakalari egallagan.
Bu ro‘yxatni tuzish uchun ijtimoiy tarmoq 330 mln akkauntlarni tahlil qilib chiqdi va ulardan qaysi birlarining egalari joriy yilda yangi ishga taklif qilingani yoki kirganini oydinlashtirib oldi (2014 yilning 1 yanvaridan 1 dekabrigacha bo‘lgan muddatda).
Mutaxassislar olingan ma’lumotlarni bir necha kategoriyalarga (misol uchun, iOS va Android uchun ishlanmalarni mobil ishlanmalar kategoriyasiga) birlashtirdi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing