10:36 / 15.06.2023
130

Quyoshdan allergiya qanday bo‘ladi va undan himoyalanish uchun nima qilish kerak?

Foto: “Yandex”

Quyoshdan allergiya — ultrabinafsha nurlanish ta’sirida tananing ochiq qismlarida og‘riqli va qichishtiruvchi qizil dog‘lar paydo bo‘ladigan kasallik guruhidir. Shuning uchun bu kasallik polimorf yorug‘lik toshmasi deb ataladi, chunki u juda keng tarqalgan.

Bunga qo‘shimcha ravishda quyoshdan allergiya turlariga quyidagilar kiradi:

  • Quyosh nuridan paydo bo‘ladigan qichima. Bu kam uchraydigan og‘ir kasallik bo‘lib, unda anafilaktik shokgacha umumiy allergik reaksiya yuzaga keladi va teri qizil, qichiydigan pufakchalar bilan qoplanadi.
  • Surunkali aktinik dermatit. Bu quyoshdan keyin tanada zich quruq burmalar paydo bo‘ladigan holat.
  • Aktinik qichishish. Bu yana bir kam uchraydigan teri kasalligi bo‘lib, ko‘pincha ultrabinafsha nurlanish ta’siridagi tana qismlarida shish paydo bo‘ladi va undan qichiydigan toshma hosil bo‘ladi.
  • Fototoksik va fotoallergik dermatit. Quyoshga sezgirlikni oshiradigan yoki uning ta’siridan keyingi toshma deb ataladi.

Ba’zi hollarda alomatlar darhol, ba’zilarida esa bir necha soatdan keyin ko‘rinadi.

Quyoshdan allergiyaning belgilari qanday?

Simptomlar kasallikka qarab o‘zgaradi. Ammo har bir kasallikda klinik ko‘rinish turlicha. Misol uchun polimorfik toshma kassaligida elementlar turli shaklda — kimdadir dog‘lar, boshqalarda qichiydigan bo‘rtgan tugunchalar paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga barcha kasalliklar umumiy xususiyatlarga ega. Quyosh ta’sirida bo‘lgandan keyin yuz, bo‘yin, yelka, bilak va boshqa ochiq joylarda toshmalar paydo bo‘ladi va ular bilan birga quyidagilar ham kuzatiladi:

  • qichishish;
  • og‘riq
  • qizarish;
  • shish;
  • yonish hissi.

Nima uchun quyoshdan allergiya paydo bo‘ladi?

O‘simliklarda quyosh nuridan fotosintez sodir bo‘lgani kabi ultrabinafsha nurlanish ta’sirida teridagi turli moddalar ham o‘zgarishi mumkin. Ba’zida hosil bo‘lgan birikmalar allergiyaga olib keladi.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar teri ostiga qon quyilsa yoki anafilaktik shok belgilari — ongni yo‘qotish, terining yopishqoqligi va rangparligi, nafas olish qiyinlashuvi kuzatilsa, shoshilinch tez yordam chaqiring.

Quyosh ta’siridan keyin birinchi marta noodatiy alomatlarga duch kelsangiz, dermatologga murojaat qiling. Shifokor sizning ahvolingiz haqida so‘raydi, ehtimol, qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazadi:

  • fototest — terining kichik qismiga ultrabinafsha chiroq yoqilib, reaksiyaga qaraladi;
  • qon tahlili;
  • biopsiya — shifokor terining bir qismini kesib olib, mikroskop ostida tekshirish uchun yuboradi.

Bundan tashqari, agar sizda quyoshdan allergiya kuzatilgan bo‘lsa, tananing boshqa qismlarida toshmalar paydo bo‘lganda va mustaqil davolashdan keyin qichima ketmaganda dermatologga murojaat qilishni unutmang.

Quyoshdan allergiyangiz bo‘lsa, o‘zingizga qanday yordam bera olasiz?

Ko‘pincha alomatlar quyosh ta’siri to‘xtaganda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Agar o‘zgarish bo‘lmasa, uy sharoitida fotosensitivlikning yengil formasini davolashga urinib ko‘rishingiz mumkin.

  • Sovuq kompress yoki salqin dush qabul qiling.
  • Asosi steroid yoki antigistamin bo‘lgan qichimaga qarshi kremdan foydalaning.

Shifokor qanday chora ko‘radi?

U sizga quyoshdan qanday himoyalanish kerakligini va davolanishni o‘rgatadi. Reaksiyaga qarab qichishishga qarshi, antigistamin va steroidlar, og‘ir holatlarda esa immunosupressantlar, immunitet tizimini bostiradigan moddalar buyurishi mumkin.

Allergiyadan himoyalanish uchun nima qilish kerak?

Ehtiyot choralarini ko‘ring:

  • Soat 10:00 dan 16:00 gacha quyosh nuri ostida bo‘lmaslikka harakat qiling, chunki bu ultrabinafsha nurlanish faolligining eng yuqori vaqtidir.
  • SPF 30 yoki 50 bo‘lgan quyosh kremini qo‘llang. Har 2 soatda qayta surishni unutmang.
  • Ko‘zoynak va himoya kiyimi kiying. Ba’zi yupqa yoki to‘rli matolar ultrabinafsha nurlarini qaytarmaydi. Shuning uchun SPF 50 etiketli yoki zich matolardan tayyorlangan kiyimlarni tanlang.
  • Ba’zi qo‘zg‘atuvchilardan foydalanmang. Agar ma’lum bir moddaning quyoshga nisbatan sezgirlikni oshirishini bilsangiz, uni bahor va yozda kamroq ishlatishga harakat qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Quyoshdan allergiya qanday bo‘ladi va undan himoyalanish uchun nima qilish kerak?