09:53 / 02.04.2024
219

Shifokor tomoq kasalliklarini davolash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Shifokor tomoq kasalliklarini davolash bo‘yicha tavsiyalar berdi
Shifokorga murojaat qilishning iloji bo‘lmagan vaziyatlarda tomoq og‘rig‘i bezovta qilsa, qanday yo‘l tutish kerak? Qachon uy sharoitida davolansa bo‘ladi, qachon esa shifokor ko‘rigidan o‘tish shart? Xavfsiz xalq tabobati usullari bormi? Shu va yana ko‘plab savollarga otolaringolog Aleksandr Gurov javob beradi.

Foto: Alamy
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo aholisining 44 foizi yuqori nafas yo‘llari infeksiyasini yuqtirib oladi, har to‘rtinchi insonda kasallik takror kechadi. Buning natijasida bitta mavsumda o‘rtacha 300-600 ta bemor tomoqdagi og‘riq bilan shifokorga murojaat qiladi.

Tomoq og‘rig‘i yuzaga kelishi va infeksiya rivojlanishiga 512 taga yaqin omillar mavjud. Bunga turli bakteriyalar, viruslar, allergenlar, stress, tomoq shikastlanishi, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va chekish kabilar sabab bo‘ladi.

Tomoq og‘rig‘ini uy sharoitida mustaqil davolash mumkinmi?

Bunda quyidagi alomatlarga e’tibor qaratish lozim:
  • Agar tana harorati 38 darajadan yuqori bo‘lsa;
  • Tomoqda kuchli og‘riq paydo bo‘lsa va kundalik hayotda juda xalaqit bersa;
  • Zaiflik, charchoq, holsizlik kuchayib borsa;
  • Tomoqdagi bodom bezlarida, orqa va yon devorida oq dog‘lar yoki yiring paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.

Tomoq og‘rig‘ini yumshatishning samarali usullari

Foto: Shutterstock
  • Tomoqni turli antiseptiklar bilan chayish. Masalan, romashka, tuz, soda, shalfey kabilar tomoq shilliq qavatiga ziyon yetkazmaydigan tabiiy mahsulotlardir;
  • Ko‘proq suyuqlik ichish. Iliq suvdan tashqari asal va sariyog‘li sut, asalli ko‘k choy iste’moli tomoqdagi o‘tkir og‘riqni yumshatadi. Ichimlik qaynoq bo‘lmasligi muhim;
  • Oyoqni issiq vanna qilish yoki dush qabul qilish. Parni hidlash va issiq suv o‘pkadagi biologik faol nuqtalarga ta’sir ko‘rsatadi va vegetativ nerv sistemasidan reaksiyalarni rag‘batlantiradi, natijada ichki organlar yanada yaxshiroq ishlay boshlaydi. Issiq vanna 5 daqiqadan oshmasligi va harorat ko‘tarilgan paytda bajarilmasligi lozim;
  • Tomoq og‘rig‘ini bartaraf qiluvchi shimish uchun mo‘ljallangan tabletka yoki spreylar. Albatta, tibbiy bilimsiz aynan qaysi turdagi dori vositasini xarid qilish mushkul. Bunda O‘RVIga qarshi preparatlar tarkibidagi benzidamin moddasi mavjudligiga e’tibor bering. U tomoq og‘rig‘ini bartaraf etishga va yallig‘lanish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi.

Stress tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkinmi?

Ha, chunki stress tanadagi ko‘plab patologik holatlarning faol qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi.

Sovuq suv yoki taom tomoq og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Yo‘q, chunki tomoq shilliq qavati tabiiy ravishda issiq va sovuq ovqatlarni qabul qilishga moslashgan. Ammo jazirama yoz davrida muzdek suv haqiqatda tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, surunkali tonzillitdan aziyat chekadiganlar yoz kunlari sovuq suv ichmasliklari lozim.

Sovuq havoda sport bilan shug‘ullanish orqali tomoq og‘rishi mumkinmi?

Aksincha, toza va nam havoda sport bilan shug‘ullanish organizm yanada ko‘proq kislorod bilan to‘yinishiga olib keladi. Shuningdek, yugurish mashqlarida to‘g‘ri nafas olish orqali tomoqqa ziyon yetkazmaslik mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokor tomoq kasalliklarini davolash bo‘yicha tavsiyalar berdi