16:30 / 26.08.2024
65

Miya, yurak, jigar va qalqonsimon bez yaxshi ishlashi uchun nimalar iste’mol qilish kerak?

Miya, yurak, jigar va qalqonsimon bez yaxshi ishlashi uchun nimalar iste’mol qilish kerak?
Salomatlik to‘g‘ri tanlangan turmush tarzi va foydali taomdan boshlanadi. Diyetolog Anna Briks nafaqat viruslardan himoya qiladigan, balki salomatlikni tiklashga yordam beradigan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi. Quyida qalqonsimon bezni himoya qiladigan, bosh miyadan og‘ir metallarni olib tashlashga ko‘mak beradigan hamda boshqa hayotiy muhim organlar faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladigan mahsulotlarni ko‘rib chiqamiz.

Foto: Wday
Qalqonsimon bezni virusdan himoya qilish

Qalqonsimon bez kichik bo‘lsa-da, ammo juda muhim organdir. Organizmning ko‘plab muhim tizimlarining salomatligi uning ishlashiga bog‘liq. Qalqonsimon bez metabolizmni tartibga soluvchi, tana haroratini mo‘tadil haroratda saqlovchi, yurak urish tezligini boshqaruvchi hamda eng muhimi — gormonlar ishlab chiqaruvchi organdir. Gipoterioz, giperterioz va autoimmun tireoidit kabi turli qalqonsimon bez kasalliklari Epshteyn-Barr virusi bilan bog‘liq. Qalqonsimon bezni himoya qilish uchun virusga qarshi kurashuvchi mahsulotlarni ko‘paytirish lozim.

Nimalar yordam beradi?

Karamdoshlar oilasiga kiruvchi sabzavotlar: oq va qizil karam, Bryussel karami, brokkoli gulkaramni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Banan, kartoshka, batat va sarimsoq kabilar esa immunitetni mustahkamlaydi va viruslar ta’sirini kamaytiradi.

Foto: Wday
Bosh miyani og‘ir metallardan tozalash

Bosh miya markaziy nerv sistemasining eng yuqori sohasidir. Uning to‘g‘ri ishlashi miyadagi neyronlarining holatiga bog‘liq. Simob, alyuminiy va qo‘rg‘oshin kabi og‘ir metallar miyada to‘planib, elektr impulslarining uzatilishiga xalaqit beradi, bu esa depressiya, demensiya va Parkinson kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Kimyoviy moddalar va og‘ir metallar miyaga turli manbalardan, masalan, ifloslangan suv, havo, oziq-ovqat, dori-darmonlar va kosmetika vositalari orqali kirishi mumkin. Miyani bu metallar va kimyoviy moddalardan tozalash muhimdir.

Nimalar yordam beradi?

Yovvoyi buta mevasi (chernika), spirulina, qizil olma, kashnich, selderey sharbati tanadagi og‘ir metallarni olib tashlash va miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Foto: Wday
Jigarga keladigan yukni yengillashtirish

Jigar tanamizning asosiy filtridir. Ammo organizm yog‘lar, toksinlar va kimyoviy moddalarni me’yordan ortiq qabul qilganda jigar o‘z funksiyalarini bajarishi murakkablashadi. Bu esa xavfli kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Jumladan, teri toshmasi, surunkali shamollash va hatto reproduktiv tizim bilan bog‘liq muammolar jigar salomatligi bilan bog‘liq.

Nimalar yordam beradi?

Qizil olma, banan, yovvoyi chernika, limon suvi va yangi siqilgan selderey yoki bodring sharbati jigarni namlaydi va ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi.

Yurak faoliyatini yaxshilash va uni himoya qilish

Foto: Shutterstock
Yurak butun organizmning motori bo‘lib, uning salomatligi bevosita qonning sifatiga bog‘liq. Qon quyuqlashishi, yog‘lar, kimyoviy moddalar bilan to‘yinishi yurak xuruji va qon tomirlari kasalliklari xavfini oshiradi. Yurak yaxshi ishlashi uchun yetarli miqdorda suv ichish va yog‘li taomlar iste’molini cheklash muhimdir.

Nima yordamlar beradi?

Kartoshka, banan, arab xurmosi, ko‘katlar qon tomirlarini mustahkamlaydi, to‘qimalar elastikligini saqlaydi va qon aylanish tizimini yaxshilaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Miya, yurak, jigar va qalqonsimon bez yaxshi ishlashi uchun nimalar iste’mol qilish kerak?