Musulmon milliarderning saratondan vafot qilganini o‘qigach, Dima Qayumning onalari ham shu dard bilan og‘riyotganlarini bilib, anchadan beri o‘zimni o‘ylantirib turgan masalani o‘rtoqlashmasam bo‘lmasligiga amin bo‘ldim.
Mening ham bir yaqin insonim 2009-2010 yillarda navbati bilan uch joyidan saraton kasali bilan og‘ridi. U doktorlarda davolanishdan bosh tortib, davolanmaslik so‘zida qattiq turib oldi. Keyin tanishlar tavsiyasi bilan Andijonlik Ibrohim hojiga ko‘rinib, o‘zlari tayyorlagan dorilar bilan muolaja olish boshlandi. Bir oyga yetadigan tabiiy giyohlardan tayyorlangan dorilarning narxi adashmasam 15-20 AQSh dollari atrofida edi. Uch oy muolaja olgach dard aridi, kasallik chekindi. Shifoxonaga borib tekshirtirilsa, tashxis qo‘ygan shifokorlar hayron. O‘simta bor edi, endi yo‘q, deya tabriklashdi.
Quvonch uzoqqa cho‘zilmadi. Biroz muddat o‘tgach, dard boshqa joyda bo‘y ko‘rsatgandi. Tabib "operatsiya qildirgan ekansizlar, dard qonga o‘tgan, a’zolarga tarqagan va "zlokachestvennыy" ekan, tuzalishi qiyin", deganlari uchun tushkunlikka tushmadik va yana muolaja boshlandi. Uch oy o‘tmay, oshqozondagi o‘simta ham qurib-yo‘qoldi. Navbatdagi miyada paydo bo‘lgan o‘simta ham shu tariqa tuzaldi. Shu uchinchi o‘simtadan keyin alhamdulillah, dard hozirgacha yangilanmadi.
Xastalik butkul chekinganiga hayron bo‘lib, balki dard saraton kasalligi emasmikan, deya xayolga ham bordim (insonchilik). Lekin tashxis uch xil joyda bo‘lgan, ayniqsa ikkinchisida mashhur professorning "aniq saraton, bo‘lganda ham ko‘payadigani", degan xulosasini o‘zim olgandim. Qolaversa, operatsiya va "ximiya" ham qilingandi.
Aytmoqchi bo‘lganim, nega bu qadar osonlik bilan muolaja qilinadigan xastalik - bedavo dard, deya ko‘riladi, degan savol meni qiynaydi. Aytishlaricha, bu kasallik vahimasi, shov-shuvi va muolajasi, hamda dori-darmoni ortidan farmatsevtik gigantlar milliardlab dollarlar foyda ko‘rar va oldilaridan chiqqan kishilarni yo‘q qilib yuborishar emish. Bu gap nechog‘lik to‘g‘ri bilmadim-ku, lekin o‘zimizda bu dardni davolay oladigan kishilar va dorilar borligi, lekin ularning nomi chiqmasligida bu mish-mishlarning ham o‘rni bormikan, deya o‘ylab qolaman.
Ammo qiziq tomoni, tabib Ibrohim hojining Jalaquduq tumanidagi aptekasiga yarim tundan navbatga turish lozimligi va tuzalib ketgan mijozlarning minnatdorlik hikoyalari, bunday qo‘li yengil tabiblarning ishi na qadar to‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi.
"Alloh azza va jalla bir dardni bersa, davosi bilan beradi. Davolaninglar!", deganlar Payg‘ambar alayhissalom (Ahmad rivoyatlari). Dard o‘zimizda bo‘lsa, davosi yonimizda, shundoq yonimizda. Shifoni Allohdan so‘rab, harakatimizni qilaylik!
P.S. Yozganlarim bilan vrach-do‘xtirlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ko‘pchilik bemorlar ularning qo‘llarida ham shifo topmoqdalar. Bu ham bir imkoniyat, deya mazkurlarni yozdim.
Mubashshir AHMAD
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi