Antalyada plyajda sigaret chekkanlar katta jarima to‘laydi

Turkiyaning mashhur sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Antalyada ekologik tozalikni ta’minlash maqsadida yangi cheklovlar joriy etilmoqda. Endi shaharning qator ommabop plyajlarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanishi mumkin.
Mahalliy nashrlar xabar berishicha, mazkur tashabbus sohillarni chiqindilardan muhofaza qilish va atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli dasturning bir qismi hisoblanadi. Yangi tartiblar dastlab Lara, Belek, Chamyuva va Bich Park sohillarida amal qila boshlaydi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, sigaret qoldiqlari tabiatda uzoq yillar saqlanib qoladi va dengiz hamda daryo suvlarining ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Shu bois rasmiylar plyajlarda chekishga qarshi kurashni kuchaytirishga qaror qilgan.





























Izohlar 0
…